Koinsindensiya —
intyerfyerensiyani namoyon boiish darajasini ko‘rsatkichi.
Krossingover —
reduksion boiinishda kon’yugatsiyalashgan gomologik xromosomalarning
xromatidalari o‘rtasida o‘xshash qismlar (genlar)ning o‘rin almashishi.
Ligaza —
ATF enyergiyasi hisobiga har xil molekulalararo o‘zaro biriktiruvchi (tikuvchi) fermenti.
Liniya —
o‘zini-o‘zi bilan chatishtirish natijasida vujudga keladigan genotip jihatdan bir xil bo’lgan
organizmlar.
Lizogeniya -
fag bilan zararlangan bakteriyada fag o‘z DNK sini bakteriya DNK siga kiritadi va
Uzogen bakteriyani hosil etadi yoki fag bakteriyani o’ldirib undagi DNK va oqsillardan ko‘plab fagllarni
hosil etadi.
Lokus —
xromosomaning genetik haritasida u yoki bu genning joylashgan o‘rni.
Leptonema —
meyoz bo‘linishdagi profaza I ning bosqichi bo‘lib bunda ipsimon shakldagi
xromosomalar hali birlashmagan bo’ladi, euxromatin qismlari bilan navbatlashib turadi.
Letal gen —
embrionni, organizmllarni (ayniqsa gomozigota holatda) nobud qiladigan gen.
Megaspora -
yosh urug‘kurtakdagi arxeospora hujayralarining meyoz bo’linish natijasida hosil
bo’lgan 4 ta sporaning yirigi. Uning rivojlanishidan murtak xaltasi hosil bo’ladi. Meyoz yetilmagan jinsiy
hujayralar yadrosining ikki marta boiinishi natijasida xromosomalari gaploid bo’lgan 4 gameta hosil
bo’ladi.
Metafaza —
ning ikkinchi fazasi, bu fazada yadro qobigi yerib ketadi, xromosomalar esa hujayra
ekvatori bo‘ylab joylashadi.