Sistron — organizm ma’lum bir belgisining rivojlanishiga sabab bo’ladigan genning kichik qismi.
Sitogenetik harita — xromosomaning tabaqalashgan bo‘yoq orqali genlar joylashish o‘rni to‘g‘risida
axborot beradi.
Sitogenetika — organizmlarning irsiyati va o‘zgaruvchanligini hujayra, xromosomalar, genlar bilan
bog’liq holda o‘rganadigan fan.
Sitokinez (sitotlarniya)- hujayraning bo’linishi.
Ekzon - DNK ning irsiy axborotni saqlovchi nukleotidlar izchilligi.
Ekspressivnost - belgining fenotip namoyon bo’lish darajasi.
Elektroforez - elektr maydonida molekulallarni har xil harakatlanishiga binoan ajratish texnikasi.
Elangatsiya — polinukleotid zanjirini uzayishi.
Episoma - hujayra DNK sidan mustaqil holda DNK reprikalikatsiyasini amalga oshiradigan genetik
birlik (plazmid).
Epistaz — allel boimagan genlarning biri ikkinchi allel genning fenotipda namoyon bo’lishiga salbiy
ta’sir ko‘rsatishi.
Eukariot - yadrosi shakllangan hujayra - yuksak tuzilishga ega barcha organizmlarga xos.
Endo — bo’lingan xromosomalarning qutblarga tarqalmasligi natijasida yadroda ular sonining ortib
ketishi.
Euxromatin — xromosomalarning kuchsiz bo‘yaladigan qismi bo’lib, unda faol genlar joylashgan
bo’ladi.
Univalentlar - reduksion boiinishida konyugatsiyalashmagan toq xromosomalar.