|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat instituti Pdf ko'rish
|
bet | 249/251 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 7,63 Mb. | | #261339 |
Bog'liq biologiya majmuaTransduksiya
— xromosoma qismlaiming bitta bakteriya hujayrasidan boshqasiga fag ishtirokida
o‘tib qolishi.
Transgressiya —
polimyer genlarning belgisini o’ta rivojlanishiga (ijobiy) yoki rivojlanmasligiga
(salbiy) ko’rsatgan ta’siri.
Transkripsiya —
DNK-matritsasi asosida RNKni sintezlanishi.
Translokatsiya —
xromosomaning uzilib qolgan bir qismining o’zi yoki gomologik bo’lmagan
boshqa xromosoma bilan birikishi.
Translyatsiya —
RNK dagi irsiy axborotni oqsib tuzilishiga oikazish.
Faglar
(baktyeriofaglar) — faqat maxsus xo’jayin — bakteriyalar hujayralarida ko’paya oladigan
filtrlanuvchi viruslar guruhi.
Fenotip —
genotip bilan tashqi muhitning o’zaro ta’siri natijasida organizmda shakllanadigan barcha
tashqi va ichki belgilar yig’indisi.
Filogenez -
o‘simliklar, hayvonlarning tarixiy rivojlanish jarayoni, ya’ni tuming tarixiy rivojlanish
davri.
Xiazma —
meyozning profaza I diplonemasida xromatidalar o‘rtasida hosil bo’ladigan X ga o‘xshash
shakl. Xromatin - hujayra yadrosining maxsus bo‘yoq bilan bo‘yaladigan qismi.
Xromonemo
— xromosomaning nukleoproteiddan iborat ipi. U xromatidaning tuzilish birligi sanalib,
boiinishida spirallashadi.
Xromosoma -
hujayra yadrosining ipchalar tuzilishidagi va genlardan tashkil topgan bo‘yaluvchi tana.
Xromatida —
interfaza DNK molekulasi tufayh DNK replikatsiyasi tufayli xromosomaning o‘zaro
mutlaq o‘xshash tuzilmasi. Gomologik xromosomasida allellar bir-biridan farqlanadi Aa, A, a.
Xromomeralar —
xromosomaning tez bo‘yaladigan qismi.Xromosoma ipida nuqta yoki donacha
shaklda bo’ladi.
Sentromera—
xromosomalarning mexanikaviy markazi.
Sentrosoma—
hujayra yadroning yonginasida joylashgan organoid bo’lib, ikkita sentriola
donachalaridan iborat. Bu organoid hayvonlar va ba’zi bir quyi o‘simliklar hujayrasida bo’lib,
hujayraning bo‘linishida faol ishtirok etadi. Yuksak o‘simliklar hujayrasida bo‘lmaydi.
|
| |