Muton —
mutatsivalanish xossasiga ega bo’lgan genning eng kichik qismi.
Nogomologik xromosomalar -
genlari o‘zaro farq qiladigan va meyozda o‘zaro kon’yugat-
siyalashmaydigan xromosomalar.
Nonsens kodon —
irsiy axborot saqlamaydigan ternimator kodon.
Nuklein kislotalar -
biologik polimyer bo’lib uning ikki tipi DNK va RNK mavjud.
Nukleotidlar -
nuklein kislotalarning tarkibiy elementi bo’lib: azotli asos, oddiy uglevod va fosfat
kislotasi qoldigi molekulalarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan murakkab organik birikmalar. DNK va
RNK molekulalari nukleotidlardan tuzilgan.
Nukleoproteidlar —
oddiy oqsil va nuklein kislotalarning birikishidan hosil bo’lgan murakkab
birikma. Ular hayvonlar bilan o‘simliklar hujayrasi yadrosi va sitoplazma tarkibiga kiradi.
Nullisomik —
xromosomalarning diploid to‘pllarnida ikkita gomologik xromosomaning bo’lmasligi.
Ovogenez -
murtak hujayralarini ixtisoslashishi va meyoz bo‘linishi natijasida tuxum hujayrani
rivojlanishi.
Ontogenez —
organizmning individual rivojlanish davri.
Opyeron —
oqsil transkripsiyasini tartibga soluvchi promotor, operator, strukturali genlardan iborat
DNK qismi.