|
O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-texnоlоgiya instituti "Yengil sanоat mahsulоtlarini kоnstruktsiyalash va texnоlоgiyasi" kafedrasi «tikuv buyumlarini konstruktsiyalash»
|
bet | 6/6 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 24,29 Kb. | | #154780 |
Bog'liq O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta-fayllar.orgKonussimon kengaytirish kiyim detalining yelka, ko`krak, bel, bo`ksa, tizza chiziqlaridan va pastroqdan boshlanishi mumkin. CHoksiz konussimon kengaytirish trapetsiya shaklidagi siluetlar tuzishda qo`llanadi ( - rasm). Agar detalning kengaytirilgan uchi burmalansa, uning shakli «chiqqan trapetsiya» siluetini hosil qiladi. O`zgartirishlar usuli yuqorida ta`riflanganidek bajariladi, lekin bo`laklar boshqacharoq suriladi. O`zgartirishlar ikkala usul yordamida tuzilishi mumkin. Vitachkali detallar kengaytirilganda qirqiladigan chiziqlar vitachkalar uchidan o`tadi. Bo`laklar surilgandan so`ng vitachkalar qisman yoki to`liq yopiladi.
Konussimon toraytirish ham shu uslubda bajariladi. Ammo bo`laklar bir-birining ustiga chiqarilganda aylana o`lchamlari figuranikidan oshmog`i lozim. Detallar etagi toraytirilganda avvalgi vitachkalar kengayib, yangilari ham hosil bo`lishi ehtimoldan holi emas. Ularning barchasi bunday modellarda yumshoq taxlama yoki burmalarga kiritiladi.
Konussimon kengaytirish darajasi gazlama xususiyatiga bog`liq holda silliq yoki taxlamador shakllar hosil bo`lishiga olib keladi. Detal kengayishi 4-50 dan oshsa, silliq konussimon shakl taxlamador shaklga o`tadi. Buyum uzunligi oshgan sari konus o`z shaklini yo`qota boshlaydi. Tanda ipining detal uzunasiga 450 burchak ostida yo`nalishi konnusimon shaklning taxlamadorligini vujudga keltiradi.
Kiyimlarga xos murakkab shakllar, misol uchun, belda yopishib turadigan etagi kengaygan, qo`shimcha bo`linishlar orqali tuziladi: ko`ndalang bo`linishlar - bel chizig`ida (5. a-rasm), bo`ylama bo`linishlar - bo`rtma choklarda (5. b - rasm).
6-rasm. Konussimon modellashtirish holati.
9. Asos konstruktsiyasiga muvofiq andaza chizmalarini chizish
01-old bo`lak, 02-old bo`lak etak qismi, 03-ort bo`lak, 04-ort bo`lak etak qismi,
05-eng bo`lagi, 06-monjetning 1-bo`lagi, 07-ort bo`lak mag`izi, 08-adip,
09-ustki yoqa, 10-ostki yoqa.
7-rasm. CHok haqi kattaliklari va o`lchamlari.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Komilova. X.X."Tikuv buyumlarini konstruktsiyalash". T:. -2003 y
2. Yanchevskaya. Y.V. "Ayollar ust kiyimlarini konstruktsiyalash". T:. -1999 y.
3. Q.M. Abdullaeva. "Tikuvchilik buyumlarini loyihalash va modellashtirish asoslari". T:. -2006 y.
4. Koblyakova Ye.B «Konstruirovanie odejdq s elementami SAPR» M:1988g.
5. Koblyakova Ye.B «Laboratornqy praktikum po konstruirovaniyu odejdq s elementami SAPR» M:1992g.
http://fayllar.org
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-texnоlоgiya instituti "Yengil sanоat mahsulоtlarini kоnstruktsiyalash va texnоlоgiyasi" kafedrasi «tikuv buyumlarini konstruktsiyalash»
|