Kurs loyihasini tashkil etish bo`yicha ko`rsatmalar
Kurs loyihasining maqsadi talabalarni mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan nazariy bilimlarini qo`llashda amaliy ko`nikmalar xosil qilish, bevosita ishlab chiqarishdagi real sharoitga mos texnik yechimlar qabul qilish va zamonaviy texnologiyalarni qo`llash ko`nikmalarini xosil qilishdir.
Kurs loyihasining mavzulari bevosita ishlab chiqarish texnologik jarayonlariga bog`liq holda belgilanadi.
Kurs loyihasi tushuntirish bayoni, eskiz loyiha qismi, konstruktorlik hujjatlari va tayyor kiyim namunasidan iborat. Kurs loyihasining taxminiy mavzulari: "Muayyan assortiment bo`yicha kiyim yangi modeli dizayn loyihasini ishlab chiqish". (Kiyim assortimenti va vazifasi talaba tanloviga asosan olinadi).
Kurs loyihasini rasmiylashtirish
Kurs loyihasining tushuntirish xati qisqa va tushunarli yozilgan bo`lib, rasm va ilovalar bilan birga qo`l yozmada 40- 50 betdan iborat bo`lishi kerak. Tushuntirish xati kerak bo`lmagan maqsadsiz materiallardan xoli bo`lishi kerak.
Kurs loyihasi tushuntirish xatining birinchi betida mundarija bo`lib, unda kurs loyihasi bo`limlarining tartib raqamlari va qaysi betda joylashgani ko`rsatiladi.
Tushuntirish xatining oxirida kurs loyihasini bajarishda qo`llanilgan adabiyotlarning ro`yxati beriladi. Unda har bir adabiyotni muallifi, nomi yoki qo`llanma va jurnallarni nomlari, nashriyotini nomi va nashr yili haqida ma`lumot beriladi.
Tushuntirish xatini yozish uchun hajmi 297 x 210 mm yozma qog`ozdan foydalaniladi va unda chap tomondan 25 mm, o`ng tomondan 10 mm, yuqori va pastdan 20 mm hoshiya qoldirib yoziladi. Yozish uchun varaqaning bir tomonidan foydalaniladi, keyin varaqlar terilib, muqovalanadi.
Kurs ishini bajarilish bosqichlari va mazmuni.
1. Kirish
Respublikamizdagi kichik tikuvchilik korxonalari, qo`shma korxonalar va yakka buyurtma tikish korxonalari ishlab chiqaradigan mahsulotlar aholining kiyimga bo`lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. SHuning uchun oliy uquv yurtlarida, kasb-hunar kollejlarida, umumta`lim maktablarida, maktabdan tashqari muassasalarda talaba-yoshlarni tikuvchilik korxonalarida xizmat qilishga tayyorlash ishlariga hamda ta`lim muassasalarida olgan mutaxassisligi bo`yicha bilim bera oladigan malakali kadrlar tayyorlashga e`tibor qaratilmoqda. Respublikamizdagi tuqimachilik va yengil sanoat korxonalarini rivojlanishi uchun uzimizdagi tabiiy xom ashyo resurslaridan oqilona foydalanish, tayyorlanayotgan mahsulotlardan axoli ehtiyojini qondirish, so`ngra sifatli va raqobatbardosh bo`limlar bilan jahon bozoriga chiqish respublikamiz iqtisodiyotining yetakchi yo`nalishlaridan biri hisoblanadi.
Hozirgi kunda boshqa iste`mol mahsulotlari kabi, kiyimga nisbatan yanada yuqori talablar qo`yilmoqda. Kiyimlarni loyihalash jarayonida ishlab chiqilayotgan kiyimning zamonaviyligi, shakli, detallari, ularning mutanosibligi, bezaklari hamda buyum chizmasini chizishda foydalaniladigan hisoblash formulalari, uning tayyor holda kerakli shaklni ta`minlovchi detallarining grafik usullari yordamida qurish nazarda tutiladi.
|