129
Tomga yopiladigan bitumli materiallar
Ruberoid – tomda ishlatiladigan neftg’ bitumi shimdirilgan
kartondan tayyorlangan
o’ram material. Uning yuzasi ikkala tomondan qiyin eriydigan neftg’ bitumlari va
sepma-mayda tuyilgan talg’k yoki boshqa mineral kukun (yirik
donador yoki slyuda
sepmadan ҳam foydalanish mumkin) qatlami bilan qoplangan. Yirik mineral sepma
turli ranglarda bo’lishi mumkin
Suyuqlantirib qoplanadigan ruberoid – tomga yopiladigan material bўlib,
qalin
bitum qatlami zavodda suyuqlantirib qoplanadi. Vazifasiga qarab tomga yopiladigan
suyuqlantirib qoplanadigan ruberoid (RK-420-1,0, RK-500-2-2,0 markali) va
ostqўyma (RM-3501,0, RM-420-1,0, RM-500-2,0 markali) ruberoidlarga bўlinadi.
Ekarbit – suyuqlantirib qoplanadigan polimerbitum ruberoid bo’lib, tomga
yopiladigan kartonga yumshoq neft bitumi bilan shimdirish va keyinchalik ikkala
tomoniga qoplama qatlam surtish yo’li bilan olinadi. Qoplamalar tarkibiga bitum,
butilkauchuk, moy va to’ldirgich kiradi.
SHisha ruberoid - tomga yopiladigan va namdan shimoyalash o’ram materialdir (3-
rasm). U shisha tolali matoga ikkala tomondan bitumli bog’lovchi surtish yo’li bilan
olinadi. U shisha tolali matoga ikkala tomondan bitumli bog’lovchi surtish yo’li bilan
olinadi. Sepma turi va vazifasiga qarab shisha ruberoidning
quyidagi markalari
chiqariladi: S-RK (yirik donador sepmali), S-RCH (tangachasimon sepmali) va S-RM
(mayda donador sepmali namdan shimoyalash).
Pergamin – neftg’ bitumlari shimdirilgan karton asosida tayyorlanadigan
tomga yopiladigan o’ram materialdir. Pergamin ikkita: P-300 va P-350
markali
o’ramlar shaklida chiqariladi. Polotnosining eni 1000, 1025 va 1050 mm. O’ram
yuzasi 20 yoki 40 m
2
. Pergamin ruberoid qaynoq mastikalarga yotqizilganda uning
ostiga qo’yiladigan taglik material sifatida, shuningdek bug’dan himoyalash uchun
ishlatiladi.