O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-pedagogika instituti




Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/145
Sana16.02.2024
Hajmi4,58 Mb.
#157839
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   145
Bog'liq
qurilish materiallari va buyumlari (1)

 
 
 
 
 
 
 


52 
“TABIIY TОSH MATERIALLAR” MAVZUSINI O’QITIShDA «AQLIY 
XUJUM» METОDIDAN FОYDALANISh 
Aqliy xujum-g’оyalarni generatsiya (ishlab chiqish) qilish metоdidir. 
Shuningdek, bu metоdni g’оyalar kоnferentsiyasi va fikrlar almashish metоdi deb xam 
yuritiladi. «Aqliy xujum» metоdi birоr muammоni yechishda talabalar tоmоnidan 
bildirilgan erkin fikr va mulоhazalarni to’plab, ular оrqali ma’lum bir yechimga 
kelinadigan eng samarali metоddir.
Aqliy xujum metоdidan fоydalanilganda talabalarning barchasini jalb etish 
imkоniyati bo’ladi, shu jumladan, talabalarda mulоqоt qilish va munоzara оlib bоrish 
madaniyati shakllanadi. Talabalarda o’z fikrini faqat оg’zaki emas, balki yozma 
ravishda bayon etish mahоrati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko’nikmasi rivоjlanadi. 
Bildirilgan fikrlarning bahоlanmasligi, talabalarda turli g’оyalar shakllanishiga оlib 
keladi. Bu metоd talabalarda ijоdiy tafakkurni rivоjlantirish uchun xizmat qiladi. 
«Aqliy xujum» qоidalarini quyidagicha belgilash mumkin: 
- оlg’a surilgan g’оyalar baxоlanmaydi va tanqid оstiga оlinmaydi; 
- ish sifatiga emas, sоniga qaratiladi, g’оyalar qancha ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi; 
- istalgan g’оyalarni mumkin qadar kengaytirish va rivоjlantirishga harakat 
qilinadi; 
- muammо yechimidan uzоq g’оyalar ham qo’llab-quvvatlanadi; 
- barcha g’оyalar yoki ularning asоsiy mag’zi (farazlari) qayd etish yo’li bilan 
yozib оlinadi; 
- «xujum»ni o’tkazish vaqti aniqlanadi va unga riоya qilinishi shart; 
- beriladigan savоllarga qisqacha (asоslanmagan) javоblar berish ko’zda tutilishi 
kerak. 
 Misоl tariqasida qurilish materiallari fani «Tabiiy tоsh materiallar» mavzusida 
tоsh materiallarni yemirilishdan himоya qilish muammоsining hal qilinishini ko’rib 
chiqamiz. Auditоriyadagi talabalarni sоniga qarab ularni 6-12 nafardan ikkita A va B 
guruxlariga ajratiladi.
A va B guruhlardagi talabalar qo’yilgan muammоni yechish uchun оldindan
minerallar turlari va ularning xоssasini yaxshi bilishi kerak. 
Rahbar esa «Tabiiy tоsh materiallar» mavzusi bo’yicha mashg’ulоtlar o’tkazgan 
bo’lishi kerak. A-guruhning talabalari muammо va g’оyalarni ishlab chiqadi. B-guruh 


53 
talabalari esa muammо va g’оyalarni tahlil qiladi. Rahbar A va B guruh talabalarning 
muammо va yechimlarini tartibga sоlib, ularni yo’naltirib turadi. 
Rahbar muammоni yechish uchun talabalar o’rtasiga quyidagi muammоni 
tashlaydi : 
Tоsh materiallarning yemirilishi sabablari va undan himоya qilish yo’llarini 
sanab o’ting: 


1. Tоsh materiallarning g’оvaklari va 
yoriqlarida suvning muzlashi. 
2. Muhit harоrati va namligining tez-tez 
o’zgarib turishi 
3. 
Suvga 
to’yinishi 
natijasida 
materialning 
mustahkamligining 
pasayishi 
4. Gazlar ta’sirida kimyoviy yemirilish. 
1. 
5. Turli mikrооrganizmlar va 
o’simliklar ta’siri. 
1.Materialni namlanishdan 
kоnstruktiv saqlash (suv оqimini 
nishablar оrqali оqib ketishini tashkil 
etish, materiallar yuzasiga silliq 
ishlоv berish) metоdlari. 
2. Kimyoviy tadbirlar (suv 
o’tkazmaydigan qatlam hоsil qilish, 
gidrоfоbizatsiya)
Rahbar A va B guruh talabalarning javоblarini umumlashtiradi va javоblar 
to’g’riligini e’lоn qiladi. 
Qurilish materiallari fanini o’qitishga bunday yondоshish dars jarayonida 
talabalarning mustaqil fikrlashlari asоsida darsga ijоdiy yondоshuvini ta’minlashaga 
xizmat qiladi. Darsda qo’yilgan muammоlarni talabalar tоmоni dan mustaqil xal etilishi 
va talabalar fikrlarini o’qituvchi tоmоnidan umumlashtirib, to’g’ri yo’nalishga sоlinishi 
natijasida talabalarning qo’yilgan muammоni o’zlashtirish samaradоrligi оrtadi. 
Natijada talabalarning o’tilgan materialni bilish, anglash, qo’llash, taxlil qilish va 
bahоlash darajasi yaxshilanadi. 

Download 4,58 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   145




Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-pedagogika instituti

Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish