|
-mavzu: Yalpi ishchi kuchi, uning bandligi va ishsizlik Pdf ko'rish
|
bet | 554/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASI17-mavzu: Yalpi ishchi kuchi, uning bandligi va ishsizlik
1. Agar mamlakatda ishchi kuchi 12,5 mln kishini, ishsizlar soni 1,3 mln kishini
tashkil qilsa, ishsizlik darajasi necha foizni tashkil qiladi?
2. Artur Ouken qonunini izoxlab bering.
3. Ishsizlikning tabiiy darajsi 4% ni, haqiqiy darajasi 9,3 % ni tashkil qilsa,
Ouken qonuni bo’yicha YaMM ning orqada qolishi necha foizni tashkil qiladi?
4. Milliy iqtisodiyotda nominal YaMM 560 mlrd so’mni, ishsizlikning tabiiy
darajasidan ortiqligi tufayli YaMM ning orqada qolishi 9,65% ni tashkil qilsa
iqtisodiyot qancha mahsulot yo’qotgan bo’ladi?
5. Ishsizlik darajasi 7,5% yoki ko’zda tutilgan 4% li tabiiy darajadan 3,5%
yuqori bo’lgan. Bunda YaMM ning orqada qolishi qanchaga teng?
6. Mamlakatda yil boshida ish bilan bandlar soni 180 mln kishi, ishsizlar soni
esa 20 mln kishi. Yil davomida xar oyda o’rtacha 1% ishchilar turli sabablarga ko’ra
ishdan bo’shagan, ishsizlar sonidan 20 %i esa ishga joylashgan. Ishsizlikning tabiiy
darajasini aniqlang.
7. Ishchi kuchi 15,5 mln kishini, ishsizlik darajasi 11,6% ni tashkil etsa ishsizlar
sonini aniqlang.
8. Artur Ouken qonuniga binoan ishsizlik darajasining 1 foizga oshishi YaMM
ning necha foizga kamayishiga olib keladi?
9. Milliy iqtisodiyotda nominal YaMM 330 mlrd so’m, ishsizlikning necha
foizli tabiiy darajasiga erishilganda iqtisodiyot 29 mlrd so’mlik maxsulotni yo’qotgan
bo’ladi?
10. Mamlakatda nominal YaMM 650 mlrd so’mni, ishsizlikning tabiiy
darajasidan ortiqligi tufayli YaMM ning orqada qolishi 9,65 % ni tashkil qilsa,
iqtisodiyot qancha maxsulot yo’qotgan?
11. Mamlakatda ishsizlikning tabiiy darajasi 9,5 yoki ko’zda tutilgan 5 % tabiiy
darajadan 4,5 % yuqori bo’lgan. Bunday xolatda YaMMning orqada qolishi qanchaga
teng?
12. Iqtisodiyotni inqirozga uchraganligi sababli o’z ish o’rnini yo’qotganlar
ishsizlikning qaysi kategoriyasiga mansub?
|
| |