541
35. Agar iste’molchilik tovarlariga narx indeksi 2000 yil 113,6, 2001 yil 118,8
ga teng bo’lsa inflyatsiya sur’ati necha % ni tashkil etadi?
36. Sotilgan tovarlar summasi 150 mln. so’m bo’lib shundan 50 mln. so’mi
muddati kelgan qarzlar va boshqa to’lovlar 40 mln so’m pulni aylanishi tezligi 7 ga
teng bo’lganda muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini aniqlang.
19-mavzu: Pul – kredit tizimi. Banklar va ularning iqtisodiyotdagi roli.
1. Agar tijorat banki 11% ssuda olib, uni o’z mijozlariga 20% li stavkada kredit
qilib bersa, bank marjasi qanday bo’ladi?
2. Mijoz bankdan yillik foiz stavkasi 30% bo’lgan 10 mln so’m miqdorida
ssuda
oldi. U umumiy hisobda bankka qancha pul qaytaradi, agar ssudani to’lash bir yildan
keyin boshlanib, har oyda amalga oshirilib borilsa?
3. Markaziy bank pul siyosatini yuritishda uchyot (hisob) stavkasini oshiradi.
Bu avvalo (nimaga) qanday holatga olib keladi?
4. Mrkaziy bankning davlat qimmatli qog’ozlarining katta
qismini aholiga sotish
nimaga olib keladi?
5. Mijoz bankdan olgan 15 mln. so’m miqdoridagi ssudasini bir yildan keyin 18
mln qilib qaytaradi. Foiz stavksini aniqlang.
6. Mamalakatda pul taklifi 100 mln doll.ni tashkil etadi. Nominal YaIM esa 500
mln.doll. Agar pul taklifi 2 marta ortsa pul aylanish tezligi qanday o’zgaradi (klassik
miqdoriy pul nazariyasiga ko’ra)?
7. Majburiy rezerv me’yori 5% ga teng. Bank tizimi 20 mln. so’m ssuda
berganda pul taklifi qanday o’zgaradi?
8. Majburiy rezerv me’yori – 2% tijorat banki markaziy bankdan 30 mln so’mga
obligatsiya sotib oldi. Bank depozitlari summasi qanday o’zgaradi?
9. Siz bankdan 10 mln. so’m miqdorida ssuda oldingiz. SHundan so’ng boshqa
firma tomonidan shu bankka 4 mln. so’m omonat puli qo’ydi.
Pul taklifi qanday
bo’ladi?