|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti Pdf ko'rish
|
bet | 624/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASI5-modul. Jahon xo’jaligi
25-mavzu. Jahon xo’jaligi va uning evolyutsiyasi
Jahon xo’jaligining tashkil topishi, bosqichlari va asosiy belgilari. Jahon xo’jaligi
sub’ektlari. Jahon mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlari. Ishlab
chiqarishning baynalmilallashuvi. Xalqaro mehnat taqsimoti. Iqtisodiy o’zaro
bog’liqlikning o’sishi va bevosita xalqaro ishlab chiqarishning shakllanishi. Iqtisodiyotning
baynalminallashuvida FTT va transmilliy kapitalning o’rni.
Globallashuv jarayonining mohiyati va asosiy yo’nalishlari. Jahon xo’jaligi
globallashuvi jarayonlarining ziddiyatli tomonlari. Turli mamlakatlardagi iqtisodiy
rivojlanishning bir tekisda bormasligi. Boy va qashshoq mamlakatlar o’rtasidagi farqning
kuchayishi. Ekologik halokat tahdidlarining kuchayib borishi. Turli mamlakatlarda aholi
soni o’zgarishining farqlanishi. 2008 yildagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining
vujudga kelishiga globallashuv jarayonlarining ta’siri.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mazmuni va shakllari. Kapitalning xalqaro
harakati. Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi. Fan-texnika yutuqlarining xalqaro
ayirboshlanishi. Jahon infratuzilmasining rivojlanishi.
Jahon xo’jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish. Moliya, valyuta va kredit, jahon
savdosi sohalaridagi tartibga soluvchi tuzilmalar.
O’zbekistonda 2017-2021 yillarda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy
tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar, davlat mustaqilligi, suverenitetini
mustahkamlash, mamlakatnng xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub’ekti sifatidagi
shrni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O’zbekistonning
yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo’shnichilik muhitini shakllantirish.
26-mavzu. Xalqaro iqtisodiy integratsiya va O’zbekistonning jahon
hamjamiyatiga kirib borishi
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlari to’g’risidagi turlicha nazariyalar va
ularning asosiy yo’nalishlari.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mazmuni. Xalqaro
iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari. Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonini taqozo
qiluvchi omillar. Jahondagi asosiy integratsion guruhlarning amal qilish xususiyatlari.
Ochiq iqtisodiyot va uning o’ziga xos belgilari.
Davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning rivojlanishidagi shart-sharoitlar. Turli
mintaqalardagi asosiy integratsion guruhlar. Yevropa Ittifoqi (EI), Erkin savdo to’g’risida
SHimoliy Amerika bitimi (NAFTA), Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi
(ASEAN), Mustaqil davlatlar hamdo’stligi (MDH).
O’zbekistonning
jahon
iqtisodiyotiga
qo’shilishining
shart-sharoitlari.
Respublikaning jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvining global, transkontinental,
mintaqalararo, mintaqaviy darajalari. O’zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy
yo’nalishlari.
O’zbekiston turli mamlakatlar bilan o’zaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlik
aloqalarining kuchayib borishi mamlakatimizda ochiq industrial iqtisodiy hududlarning
rivojlanishi. O’zbekistonning yaqin qo’shni mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorligi
kuchayishi.
|
| |