615
inqiroz. Davriy, oraliq, nomuntazam inqirozlar. Ortiqcha ishlab chiqarish va taqchil ishlab
chiqarish inqirozlari.
2008 yilda kelib chiqqan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining mohiyati, kelib
chiqish sabablari va salbiy oqibatlari. Rivojlangan mamlakatlarning jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozidan chiqish borasidagi chora-tadbirlari. Jahon moliyaviy-iqtisodiy
inqirozining O’zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri hamda uning oqibatlarining oldini olish va
yumshatishga asos bo’lgan omillar.
20-mavzu. Iishchi kuchi, uning bandligi va ishsizlik
Yalpi ishchi kuchining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni. Ishchi kuchining takror ishlab
chiqarilishi. Ishchi kuchining miqdor va sifat jihatdan aniqlanishi. FTTni ishchi kuchining
sifat jihatdan takomillashuviga ta’siri. Nufus qonuni. Aholining tabiiy o’sishi. Ishchi kuchi
migratsiyasi va uning shakllari.
Ishchi kuchi bozori. Ishchi kuchiga talab va taklif hamda uni aniqlovchi omillar.
Ishchi kuchining qiymati. Ishchi kuchi bozorining ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari. Fillips
egri chizig’i. Ishchi kuchining ayrim sohalardan bo’shashi va uni qayta taqsimlashning
bozor mexanizmi.
Ishchi kuchi bandligi to’g’risida turli xil nazariyalar. Neoklassik, keynscha,
monetaristik, institutsional-sotsiologik maktab kontseptsiyalari. SHartnomaga asoslangan
bandlik nazariyasi. Bandlik modellari. Moslashuvchan ishchi kuchi bozori kontseptsiyasi.
Ishsizlik va uning turlari. Friktsion, tarkibiy va siklik ishsizlik. Institutsional,
texnologik, hududiy, yashirin, turg’un ishsizlik. Ishsizlikning tabiiy darajasi. Ishsizlik
darajasi va uni aniqlash. Ishsizlikning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari. A.Ouken qonuni.
Ishsizlik va inflyatsiyaning o’zaro bog’liqligi.
O’zbekistonda 2017-2021 yillarda ishchi kuchi bandligini ta’minlash, ishsizlik
darajasini kamaytirish, ishchi kuchi bozori mutanosibligi va infratuzilmasini rivojlantirish
borasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari.