613
takomillashtirish.
2017-2021
yillarda
qishloq
joylarda
ishlab
chiqarishni
modernizatsiyalash va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari.
4-MODUL. MILLIY IQTISODIYOT (MAKROIQTISODIYOT)NING AMAL
QILISH VA RIVOJLANISH QONUNIYaTLARI
14-mavzu. Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari. Yalpi ichki
mahsulot va uning harakat shakllari
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va milliy
iqtisodiyotning shakllanishi. Milliy iqtisodiyotning mazmuni va uning tuzilishi.
Makroiqtisodiyot. Makroiqtisodiy tahlil va uning vazifalari. Asosiy makroiqtisodiy
ko’rsatkichlar.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish. Milliy mahsulotning iqtisodiy mazmuni va uning
harakat shakllari. Yalpi milliy mahsulot va yalpi ichki mahsulot. Nominal va real yalpi
ichki mahsulot. Narx indeksi. Yalpi ichki mahsulotning tarkibiy tuzilishi. Sof milliy
mahsulot, milliy daromad va shaxsiy daromad. Xufyona iqtisodiyot, uning o’lchamlari va
namoyon bo’lish shakllari. YaIMni ko’paytirish omillari va yo’llari.
Milliy hisoblar tizimi. YaIMni hisoblashga qo’shilgan qiymatlar bo’yicha
yondashuv. YaIMni hisoblashga sarf-xarajatlar bo’yicha yondashuv. Uy xo’jaliklarining
iste’mol sarflari. Investitsion sarflar. Davlat sarflari. CHet elliklarning sarflari. YaIMni
hisoblashga daromadlar bo’yicha yondashuv.
O’zbekiston iqtisodiyoti yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik yangilashni jadallashtirish va uning ko’lamini kengaytirish, ishlab chiqarishni
diversifikatsiyalash milliy mahsulotni ko’paytirishning ustuvor yo’nalishi sifatida.
O’zbekistonda 2017-2021 yillarda YaIMni ko’paytirish strategiyasi va uni amalga
oshirish imkoniyatlari.