612
xarajatlar. O’rtacha xarajatlarning egri chiziqlari. So’nggi qo’shilgan xarajatlar
tushunchasi. Xarajatlarni minimallashtirish qoidasi.
Qisqa va uzoq muddatli davrda ishlab chiqarish xarajatlari. Natijalar o’zgarishiga
unumdorlik pasayib borishi qonunining ta’siri. Ishlab chiqarish miqyosining ijobiy
samarasi. Tannarx.
Korxona (firma) ning pul tushumlari va foydasi. Xarajatlar va daromadlar egri
chizig’i. Zarar ko’rmaslik nuqtasi. Umumiy foyda. Foydaning tarkib topish bosqichlari.
Foyda miqdoriga ta’sir ko’rsatuvchi omillar. Mahsulot qiymati tarkibi. Yalpi foydaning
taqsimlanishi. Iqtisodiy foyda va buxgalteriya foydasining farqlanishi. Sof foyda. Foyda
normasi va massasi hamda ularni hisoblash. Foyda normasiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar.
Korxonalarning bankrot bo’lishi (sinishi) va sanatsiya qilinishi. Korxonalar foydasini
maksimallashtirish sharti va uni ko’paytirish yo’llari. Foyda miqdorini ko’paytirishda
moddiy resurslarni tejashning ahamiyati.
Iqtisodiyotni rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo’ljallangan harakatlar
strategiyasi va uning ustuvor yo’nalishlarida belgilangan mahalliy ishlab chiqarishni
rivojlantirish hamda mahsulotlar samaradorligini oshirish bo’yicha belgilangan asosiy
vazifalar.
12-mavzu. Ish haqi va mehnat munosabatlari
Yaratilgan mahsulot va daromadlarning taqsimlanish tamoyillari. “Ishlab
chiqarishning uch omili”, qo’shilgan omil unumdorligi va boshqa nazariyalar. Mazkur
nazariyalarning kamchiliklari. Yaratilgan mahsulotni taqsimlashning asosiy yo’nalishlari.
Ish haqi to’g’risida turlicha nazariyalar. Ish haqining iqtisodiy mazmuni. Nominal va
real ish haqi. Real ish haqining darajasi va o’zgarishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar. Ish
haqining tabaqalanishi. Ish haqini tashkil qilish shakllari va tizimlari. Tarif tizimi. Minimal
ish haqi.
Mehnat munosabatlari. Mehnat shartnomalari. Kasaba uyushmalarining tadbirkorlar
va davlat bilan o’zaro munosabatlari. Kasaba uyushmalarining ish haqi darajasini oshirish
yo’llari. Ishchi kuchi talabi va taklifini o’zgartirish. Kasb bo’yicha malaka darajasini
litsenziyalash. Jamoa shartnomalari va ijtimoiy sug’urta tizimi. Ochiq va yopiq turdagi
kasaba uyushmalarining ish haqi darajasiga ta’siri. Mehnat munosabatlarini tartibga
solishda davlatning roli.
Davlatning ish xaqi siyosati. Respublikada mehnatni rag’batlantirish, ish haqini
ko’paytirish va aholi daromadlari o’sishini ta’minlashga qaratilgan siyosatning amalga
oshirilishi. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishda
belgilangan ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini izchil oshirish.