• Oraliq nazorat
  • Pedagogik talab
  • Rivojlanish
  • Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim




    Download 2,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet82/87
    Sana19.05.2024
    Hajmi2,88 Mb.
    #243415
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87
    Bog'liq
    Математик тасаввурларни шакллантириш

    Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim 
    – jamiyatning oliy malakali ilmiy va 
    ilmiy pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning ijodiy ta’lim - 
    kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-
    tadqiqot muassasalarida tayanch doktorantura va doktoranturada ta’lim olish, 


    170 
    shuningdek, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida amalga 
    oshiriladigan ta’lim bosqichi. 
    Oraliq nazorat 
    – o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialining muayyan bob 
    yoki bo‘limlari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalar darajasini 
    aniqlash, baholash shakli. 
    Pedagog kadrlar tarkibi 
    - o‘qituvchi, metodist, tarbiyachi, psixolog
    defektolog, logoped, sport instruktori, musiqa, badiiy ijodiyot, radiotexnika, sport 
    va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatuvchi to‘garaklarning rahbarlaridan iborat 
    mutaxassislar.
    Pedagogik talab
    - turli harakatlarni bajarish, muayyan faoliyat jarayonida 
    ishtirok etishda o‘quvchi amal qilishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor 
    me'yorlarini ifodalovchi vazifa; tarbiyaning eng muhim usuli.
    Rag‘batlantirish
    – tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy 
    baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko‘nglini ko‘tarish va uni qo‘llab-
    quvvatlash usuli.
    Rivojlanish 
    – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon 
    boiadigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon. 
    Rivojlantiruvchi vazifa
    – o‘qitish jarayonida shaxsning aqliy, hissiy va 
    irodaviy rivojlanishi, bilishga bo‘lgan intilishlarini va ijodiy faollikni shakllantirish 
    va rivojlantirishni ta’ minlashdan iborat bo‘lgan vazifa.
     
    Reyting (baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash)
    muayyan 
    hodisani oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash.

    Download 2,88 Mb.
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87




    Download 2,88 Mb.
    Pdf ko'rish