167
Kompozitsiya
- tuzilish, birlashish, bog‘lanish degan ma’noni bildiruvchi
tushuncha.
Keys-stadi – Case study –
(inglizcha case - to‘plam, aniq v aziyat, stadi –ta’
lim) keysda bayon qilingan va ta’lim oluvchilarni muammoni ifodalash hamda
uning maqsadga muvofiq tarzdagi yechimi variantlarini izlashga yo‘ naltiradigan
aniq, real yoki sun’iy ravishda yaratilgan muammoli vaziyatning tahlil
etilishiga asoslanadigan ta’lim uslubi.
Konsepsiya –
umumiy g‘oya yoki biror narsa to‘ g‘risida tasavvur,
tushuncha, fikrlar tizimi. Matematik model – matematik timsollar, belgilar
va hodisalar sinfining taxminiy namunasi, bayoni.
Loyihalashtirish (rejalashtirish)
- o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini
boshqarish dasturini yaratish.
Ma’ruza
– o‘quv materialini o‘quvchilarning idrok etish faoliyatlarini
faollashtirish uslublari biian birgalikda davomli og‘zaki bayon etish (80—90
daqiqa), berilayotgan materialning sxematik modelini tuzish (asosiy fikrni tezis
yoki loyiha ko‘rinishida yozib olish) va boshqalar.