164
Didaktik o‘yin
- o‘rganilayotgan obyekt, hodisa va jarayonlarni
modellashtirish asosida o‘quvchining bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik
darajasini rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi.
Dyujina –
bu 12 ta buyumdan tuzilgan uyum.
Dis-komfort-
noqulaylik.
Esse
– bu muallifning shaxsiy nuqtayi nazarini yozma ravishda erkin ifoda
etish shakli; u qandaydir predmet bo‘yicha umumiy yoki dastlabki dunyoqarashni
o‘z ichiga oladi.
Elementar matematika
– matematikaga oid bo‘lgan bilimlarning eng
soddalashtirilgan qismi.
Jismoniy tarbiya
– o‘quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni
shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mudofaasiga
tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiya tizimining muhim
tarkibiy qismi.
Fantaziya –
xayol, hayotda inson tomonidan idrok etilmagan tasavvur va
xayoliy xotiralarning vujudga kelishidan iborat psixik jarayon.
Faoliyat
- shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy maqsadga muvofiq tashkil
etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko‘rinishi.
Subyektning olam bilan faol o‘zaro munosabati.
Geometrik shakl –
uchburchak, kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, shar, kub,
silindr, oval, ko‘pburchak.
Individual o‘qitish
– o‘quvchi shaxsiga alohida yondashgan holda ta’ lim-
tarbiya berish.