• M.Ortiqova 3 SO‘Z BOSHI
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna




    Download 2,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/87
    Sana19.05.2024
    Hajmi2,88 Mb.
    #243415
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87
    Bog'liq
    Математик тасаввурларни шакллантириш

     
    NamDU 
    Boshlang’ich 
    ta’lim 
    metodikasi kafedrasi dotsenti, fizika-
    matematika 
    fanlari 
    nomzodi 
    M.Xolmurodov. 
    ADU 
    Maktabgacha 
    ta’lim 
    metodikasi 
    kafedra 
    mudiri, 
    pedagogika 
    fanlari 
    doktori 
    M.Ortiqova



    SO‘Z BOSHI
     
    Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar 
    amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim sohasida tub o‘zgarishlar 
    amalga oshirilib, maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiya olishi masalasi 
    davlat darajasidagi dolzarb masalaga aylandi. Bu borada Prezidentimiz Sh.M. 
    Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan 
    farmon va qarorlar dasturul amal bo‘lmoqda. Maktabgacha ta’lim vazirligining 
    tashkil etilishi, Prezidentimiz tomonidan “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim 
    tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2707-sonli Qaror, 
    O’zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi qonuni, 
    Maktabgacha ta’lim tizimi boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari 
    to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi 
    bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari, “Ilk qadam” Davlat o’quv
    dasturi, “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030- yilgacha 
    rivojlantirish Kontseptsiyasi” kabi me`yoriy huquqiy hujjatlarning qabul 
    qilinishi maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda 
    alohida ahamiyat kasb etmoqda.
    Ma’lumki, maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy 
    vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan rivojlantirish, ularning 
    tug‘ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda milliy 
    va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashdan iborat.
    Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim berish jarayonini 
    takomillashtirishda bo‘lajak pedagoglarning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligi, 
    ularning kasbiy tayyorgarligi asosiy masalalardan sanaladi. Ayniqsa, bolalarda 
    matematik tasavvur va bilimlarni rivojlantirish ularning intellektual jihatdan yetuk 
    insonlar bo‘lib ulg‘ayishida o‘ziga xos o‘ringa ega.
    Matematik bilimlar bolalarga, ular nimani bilib olganliklari va nimaning 
    uddasidan chiqa olishlarini hisobga olgan holda, aniq tizim va ketma-ketlikda 
    beriladi. Bu jarayonda “Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va 



    metodikasi” fanining mazmunidan kelib chiqib tayyorlangan ushbu qo‘llanma 
    maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bakalavriat talabalari, shu yo‘nalishning maxsus 
    sirtqi va sirtqi ta’limi talabalari hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti 
    tarbiyachilariga zarur ma’lumot va metodik yordam bera oladi. Qo‘llanma 
    zamonaviy pedagogik texnologiyalarni hisobga olib tayyorlangani va bugungi kun 
    talablariga to‘laqonli javob berishi bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi. 

    Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi” fanining 
    asosiy maqsadi bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari – tarbiyachilarni 
    maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish va 
    rivojlantirishning ilmiy hamda metodik asoslari bilan tanishtirishdan iborat. 
    Mazkur o‘quv qo‘llanmada ana shu ilmiy-nazariy asoslar, bu jarayonda qo‘llanishi 
    maqsadga muvofiq bo‘lgan zamonaviy ta’lim texnologiyalari, didaktik o‘yinlar, 
    usul va vositalar masalasi yoritilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanma maktabgacha ta’lim 
    yoshidagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va 
    metodikasiga bag’ishlangan. Qo‘llanmada turli yosh guruhidagi bolalarda 
    matematik tasavvurlarni shakllantirish ta’limining asosiy didaktik tamoyillari, 
    bolalarda miqdoriy tasavvurlarni rivojlantirish, ilk va maktabgacha yoshdagi 
    bolalarda predmetlar miqdorini idrok qilish, esda olib qolish va taqqoslashning 
    o‘ziga xos xususiyatlari, sanash faoliyatining rivojlanish bosqichlari, vaqtni idrok 
    qilish, bolalarning maktabga tayyorlik darajasiga qo‘yiladigan minimal talablar, 
    oilada va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan metodik ishlarni 
    rejalashtirish kabi masalalarga oid ma’lumotlarga keng o‘rin berilgan. Bolalarda 
    matematik tasavvurlarni shakllantirish mashg’ulotlarida foydalaniladigan yangi 
    pedagogik texnologiyalar, didaktik o‘yinlar ko‘rsatib o‘tilgan. 
    O‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining 5111800 – maktabgacha ta’lim 
    bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etiladi. 




    Download 2,88 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   87




    Download 2,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna

    Download 2,88 Mb.
    Pdf ko'rish