• Adabiyotlar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna




    Download 2,88 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/87
    Sana19.05.2024
    Hajmi2,88 Mb.
    #243415
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   87
    Bog'liq
    Математик тасаввурларни шакллантириш

    Nazorat savollari: 
    1.«To‘plam» nima?
     
    2.Universal, chekli va cheksiz to‘plamlarni izohlang. 
    3.Ikki to‘plam uchun o‘zaro bir qiymatli moslik tushunchasini izohlang.
     
    Topshiriq: 
    «To‘plam», «son», «raqam» tushunchalarining mazmunini 
    “Qanday” texnologiyasi asosida yoriting va taqdimot tayyorlang.
     
    Adabiyotlar: 
    1.Hasanboyeva.O.U. va boshqalar. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. –T.: 
    Ilm ziyo, 2006.
    2. Бикбаева Н.У., Ибрагимова З.И., Қосимова Х.И. Мактабгача тарбия 
    ёшидаги болаларда элементар математик тасаввурларни шакллантириш. – Т.: 
    Ўқитувчи, 1995 й. 
    3. Jumayev M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni 
    shakllantirish metodikasi va nazariyasi. – T., 2007. 
    4. Михайлова А., Носова Э. Д., Столяр А. А., Полякова М. Н., 
    Вербенец А. М.Теории и технологии математического развития детей 
    дошкольного возраста. – Издателство «Детсво-пресс». Санкт-петербург, 
    2008. 
     
    SHARQ MATEMATIK OLIMLARI ASARLARIDA
    ARIFMETIKANING RIVOJLANISHI HAQIDA 
     
    Tayanch so‘z va iboralar: 
    Muhammad ibn Muso-al Xorazmiy, Jamshid 
    G‘iyosiddin al-Koshiy, Ulug‘bek, arifmetika, ketma-ketlik, sistemalilik, takroriylik 
    tamoyili, ko‘pliklar bilan tanishtirish, sonlar bilan tanishtirish, sanoqqa o‘rgatish.
     
     Muhammad ibn Muso-al Xorazmiy, Jamshid G‘iyosiddin al-Koshiy, 
    Ulug‘bek asarlarida arifmetikaning rivojlanishi haqida dastlabki ma’lumotlar. 
    Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni, diniy 
    dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o‘zida mujassam etgan buyuk arboblar 
    ko‘p bo‘lgan. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Umar Xayyom, Nasriddin 


    21 
    Tusiy, Jamshid G‘iyosiddin al-Koshiy, Ulug‘bek va boshqa ko‘plab buyuk 
    ajdodlarimiz o‘z asarlarida arifmetikaning rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shdilar, 
    xalqimizning milliy iftixori bo‘lib qoladilar. Ularning nomlari, jahon sivilizatsiyasi 
    taraqqiyotiga qo‘shgan buyuk hissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma’lum. Biz 
    ularning asarlari bilan tanishib chiqamiz. Muhammad ibn Muso Xorazmiy 783-
    yilda Xorazmda, Xiva shahrida tug‘ilgan. Yoshligidan ilm-fanga qiziqqan. Qunt 
    bilan arab, fors, hind va yunon tillarini o‘rgangan. Donishmand sifatida tanilgan, 
    IX asr boshlarida o‘z davrining katta ilmiy va madaniy markazi hisoblangan 
    Bog‘dodga taklif qilingan. Xorazmiy saroyda barakali ijod qilib, Sharqning 
    astlabki akademiyasi («Bayt ul-Hikmat») «Donolar uyi» da faol ishtirok etdi. 
    Xorazmiy juda ko‘p asarlar yaratgan bo‘lsa ham, ularning hammasi bizga yetib 
    kelmagan. Xorazmiyning arifmetika va algebraga oid asarlari matematika tarixida 
    yangi davrni o‘rta asrlar matematikasi davrini boshlab berdi, hamda 
    matematikaning keyingi asrlardagi taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shdi.O‘quvchilar 
    algebra, algoritm so‘zlarini ko‘p eshitishgan. Algebra matematikaning katta bir 
    bo‘limi, algoritm esa hozirgi zamon hisob texnikasining, matematikasining asosiy 
    termini. Algebra, algoritm so‘zlari matematik, astronom va geograf, hozirgi zamon 
    algebrasining otasi Al-Xorazmiy nomi bilan bog‘liqdir. Uning «Al-jabr val-
    muqobala» risolasi keyinchalik Yevropada «algebra» deb ataladigan bo‘ldi. Ayni 
    shu asar tufayli Al-Xorazmiy nomidan XII asr boshlarida «algoritm» termini paydo 
    bo‘ldi. Xorazmiyning matematikaga oid shoh asarlari Fapb va Sharq xalqlari 
    tillariga tarjima qilinib, ko‘p asrlardan buyon qo‘llanma sifatida xizmat qiladi. 
    Xorazmiyning «Hind hisobi va sonlari haqida», “Al-Jabr”, «Arifmetika», «Marmar 
    soat haqida», «Yer surati», “Tarix kitobi”, «Yahudiy eralari va bayramlari» haqida 
    asarlari, ayniqsa, ma’lum va mashhurdir. Uning «Ziji» nomli asari dastlabki 
    astronomik asar sifatida Sharqdagina emas, Garbda ham
     
    shu fan rivoji uchun katta 
    xizmat ko‘rsatgan. Muhammad ibn Muso Xorazmiyning ibratli hayoti, ijodi, 
    yaratgan asarlari, qoldirgan merosi bebaho boylik bo‘lib, hozirgacha ham qimmati 
    va ahamiyatini yo‘qotmagan. Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek 1394-yilda Eronda 
    Sultoniyada tug‘ilgan. Ulug‘bek – buyuk o‘zbek olimi va davlat arbobi. U Amir 


    22 
    Temurning (1336-1405) nabirasi. Ulug‘bekning otasi Shohrux (1377-1447) ham 
    davlat arbobi bo‘lgan. Asli nomi Muhammad Tarag‘ay. 1409-yilda Shohrux 
    otasining davlati o‘rnida ikkita mustaqil davlat tuzdi. Biri – Xuroson, markazi 
    Hirot, ikkinchisi Movaraunnahr (boshqarishni) markazi – Samarqand. Hirotni 
    Shohruh o‘zi boshqardi. Movarounnahrni boshqarishni esa Ulug‘bekka topshirdi. 
    Bobosi Temurning aksi sifatida Ulug‘bek harbiy yurishlarni yoqtirmas edi. U juda 
    zarur bo‘lsagina, biror xon uning davlati chegarasini buzsa, unga qarshi yurish 
    qilar edi. Uni ilm-fan, qurilish, shahar va qishloqlarni obodonlashtirish ko‘proq 
    qiziqtirar edi. U 1447-yil Buxoroda, 1490-yil Samarqandda, 1432-1433-yillari 
    Gijduvonda madrasa qurdirdi. «Bibixonim» masjidi, «Go‘ri Amir» maqbarasi va 
    «Shohi Zinda»ni qurilishini nihoyasiga yetkazdi. Taxminan 1425-1428-yillari u 
    Samarqand yaqinidagi Obi Rahmat tepaligida o‘zining rasadxonasini qurdirdi. 
    Rasadxonaning binosi 3 qavatli bo‘lib, uning asosiy quroli — seketantning 
    balandligi 50 metrcha edi. Ulug‘bekning ilm-fanga qiziqishida, birinchidan, bobosi 
    Temur bilan o‘zga yurtlarga qilgan safarlari, bobosi saroyidagi shoirlar va olimlar 
    bilan o‘tkaziladigan suhbatlar, otasi Shohruxning noyob kitoblarini sevishi va 
    yig‘ishi, yunon olimlari Platon, Aristotel, Gipparx, Menelaylarning, shuningdek, 
    o‘z vatandoshlari: Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sinolarning asarlari bilan yaqindan 
    tanish bo‘lish, o‘sha zamonda O‘rta Osiyoda matematika, astronomiya va boshqa 
    fanlardan yetuk asarlar mavjudligi sabab bo‘lgan. Bu shart-sharoitlarning hammasi 
    Ulug‘bek ilmiy yo‘nalishining shakllanishiga, Samarqandda «Astronomiya 
    maktabi» ning vujudga kelishga sabab bo‘ldi. Ulug‘bek maktabining muhim ilmiy 
    ishlaridan biri «Ulug‘bek ziji» yoki «Ziji Ko‘ragoniy» deb ataluvchi astronomik 
    jadvallardir. “Zij” kirish, ya’ni nazariy qism va Ulug‘bek rasadxonasida 
    o‘tkazilgan kuzatishlar bo‘yicha tuzilgan jadvallardan iborat. “Zij”da yil hisobi 
    jadvallari, trigonometrik jadvallar, sayyoralar harakati jadvali va yulduzlar ro‘yxati 
    bor. Ulug‘bekning trigonometrik jadvallari 10 ta o‘nli xona aniqligida hisoblangan. 
    Hisoblash vositalari deyarli bo‘lmagan bir davrda bu ishlarni bajarish uchun 
    anchagina hisobchilar talab qilingan. Ehtimol, hisoblash markazi bo‘lgandir?! 
    Ulug‘bekning sinus va kosinuslar jadvallari bir minut oraliq bilan tuzilgan. “Zij”da 


    23 
    Ulug‘bek bir gradusning sinusini hisoblash uchun alohida risola yozganligi qayd 
    qilingan. Ammo uning bu asari hozircha topilmagan. “Zij”ning amaliy 
    astronomiyaga 
    taalluqli 
    qismida 
    ekleptika 
    ekvatorga 
    og‘ishi, 
    osmon 
    yoritgichlarining koordinatlarini aniqlash, yerdagi ixtiyoriy punktning geografik 
    uzunligi va kengligini aniqlash, yulduzlar va sayyoralar orasidagi masofalarni 
    aniqlash kabi masalalar bor.
    Ulug‘bekning yulduzlar ro‘yxati 1018 yulduzdan iborat bo‘lib, u yulduz 
    turkumlari bo‘yicha joylashtirilgan. Ro‘yxatda har bir yulduzning turkumdagi 
    nomeridan tashqari, uning yulduz turkumidagi o‘rnining qisqacha tavsifi, 1437-
    yildagi teng kunlik nuqtasiga nisbatan uzunligi va kengligi berilgan.
    Buyuk olimning «Risolayi Ulug‘bek» nomli astronomik va «Tarixi arba’ 
    ulus» nomli tarixiy asari ham o‘rganilmagan. Bu asarlar, umuman, fan tarixida 
    ham ma’lum va noyobdir.
    Reaksion doiralar tazyiqi ostida Ulug‘bekning o‘g‘li – Abdullatif 1949- 
    yilning kuzida otasini Makkaga safari bahonasida Samarqand yaqinida qatl ettirdi.
    Ulug‘bek Samarqandda dafn etilgan.
    1449-yili Ulug‘bekning fojiali o‘limidan so‘ng Samarqand olimlari asta- 
    sekin Yaqin va O‘rta sharq mamlakatlari bo‘ylab tarqalib ketdilar. Ular o‘zlari 
    borgan yerlarga Samarqand olimlarining yutuqlarini va «Zij»ning nusxalarini ham 
    yetkazdilar. Xususan, Ali Qushchi 1473-yilda Istanbulga borib, u yerda rasadxona 
    qurdirdi. Shu tariqa Ulug‘bek «Zij»i Turkiyada tarqaldi va Turkiya orqali Ovrupa 
    mamlakatlariga ham yetib bordi. Hozirgi kundagi ma’lumotlarga ko‘ra, “Zij”ning 
    120 ra yaqin forsiy nusxasi va 15 dan ortiq arabiy nusxasi mavjud.
    O‘rta Osiyolik atoqli matematik va astronomlardan biri Jamshid Ibn Mas’ud 
    Ibn Mahmud G‘iyosiddin al Koshiydir. U taxminan 1430-yilda Samarqandda vafot 
    etgan. Uni “Koshoniy” ham deb atashadi, chunki u Eronning Koshon shahrida 
    tug‘ilgan. Koshoniyning tarjimayi holi haqida deyarli ma’lumotlar yo‘q. Ba’zi 
    matematika tarixchilarining yozishiga qaraganda, u boshlang‘ich ma’lumotni o‘z 
    ona shahri Koshonda olgan. XV asrda Koshon ancha rivojlangan shahar bo‘lgan. U 
    o‘zining olimlari, ayniqsa, qo‘li gul ustalari bilan birga sharqda dong taratgan. 


    24 
    O‘rta asr olimlari singari Koshiy ham fanning juda ko‘p sohalari bilan 
    shug‘ullangan. U qiziqqan fanlar qatorida meditsina ham bo‘lgan. Koshiyni 
    Ulug‘bek o‘zining astronomiya maktabida ishlashga taklif qilgan. Astronomiya 
    maktabi uchun ilmiy kadrlar zarur edi. Koshiy Ulug‘bek madrasasida astronomiya 
    va matematikadan dars berdi. Bir vaqtning o‘zida u Ulug‘bek maktabida olib 
    borayotgan ilmiy ishlarda ham ishtirok etdi. U ilmiy ishlarning yakuni sifatida 
    “Hisob kaliti”, “Aylana haqida risola”, “Vatar va sinus haqida risola” nomli va 
    boshqa ko‘plab asarlarni yaratdi. Koshiyning matematika sohasida qilgan 
    kashfiyotlari juda katta. Uning zamonida hisoblash ehtiyojlari uchun 60 li sanoq 
    sistemasidan foydalanilar edi. U birinchi bo‘lib o‘nli kasrlarni kashf qildi va ular 
    ustida amallar bajarishning qoidalarini ko‘rsatib berdi.
    Koshiyning ikkinchi kashfiyoti sonlardan p-darajali ildiz chiqarish amali edi. 
    Koshiy Umar Xayyom asarlari orqali formulani ixtiyoriy natural darajalar uchun 
    bilgan va undan ixtiyoriy sondan natural darajali ildiz chiqarishda foydalngan. Bu 
    usul Koshiygacha bo‘lmaganmi, degan savolga matematika tarixchisi P.Lukey bu 
    usul kub ildiz chiqarish uchun Ahmad al-Nasafiyda uchrashini aytadi. Lukey 
    Nasafiy bilan Koshiy orasidagi davrda bu usul bilan Umar Xayyom shug‘ullangan 
    bo‘lishi kerak deb taxmin qiladi. Lekin bu usulning istalgan natural p-lar uchun 
    umumlashtirishi, shubhasiz, Koshiyga taaluqli.
    Koshiyning “Aylana haqida risola” asari aylana uzunligining o‘z diametriga 
    nisbatan, ya’ni P sonini hisoblashga bag‘ishlangan. P-ning aniq qiymatini 
    hisoblash bilan olimlar juda qadim zamonlardan boshlab shug‘ullanishgan.
    Koshiy P-ping qiymatini hisoblashda Arximedning usuli aylanaga ikki 
    muntazam ko‘pburchak chizishdan foydalanadi.
    Koshiyning uchinchi asari – “Vatar va sinus haqida risola” hozircha 
    topilmagan. Lekin “Hisob kaliti” asarida eslatilishicha, Koshiyning bu asari ham 
    matematikaning muhim muammolaridan bo‘lishi – berilgan yoy va vatarga ko‘ra 
    uning uchdan birining vatarini anglashga, hozirgi belgilashlarda esa sin3

    bo‘yicha 
    sin1

    ni topishga bag‘ishlangan. Trigonometriyaning bu usuli matematikadagi juda 
    ko‘p masalalar bilan bogliq.


    25 
    Birinchidan, u X
    3
    +g=rX ko‘rinishidagi kub tenglamaning ildizlarini 
    integratsion usulda hisoblash, ikkinchidan, qadimgi klassik masala – burchak 
    triseksiyasi bilan bog‘liq.
    Yuqorida eslatganimizdek Koshiy Ulug‘bekning astronomiya maktabida 
    olib borilgan matematik hisoblash ishlarida faol qatnashgan, o‘zi ham 
    astronomiyaga oid bir nechta asarlar yozgan. Ammo uning asarlari bizgacha yetib 
    kelmagan.
    Xulosa qilib aytganimizda, Al Xorazmiy, Ulug‘bek, Farobiy boshqa bir 
    qancha allomalarimiz qatorida Koshiy ham o‘zining bir qator matematikaga oid 
    asarlarini yozdi va bu fan taraqqiyotiga o‘ziga xos hissa qo‘shdi.
    Shuni ham aytish kerakki, musulmon mamlakatida va umuman, islom 
    madaniyatida aniq fanlar, ayniqsa, astronomiya va matematika nihoyatda muhim 
    o‘rin tutgan, chunki musulmon qayerda bo‘lishidan qat`iy nazar, erta tongdan 
    oqshomga qadar uning uchun besh vaqt namoz farzdir. Namoz vaqtlari esa har bir 
    geografik kenglikda ham quyoshning yerdan balandligiga qarab belgilanadi. 
    Bundan tashqari, islomda qabul qilingan hijriy yil hisobi 354 kunni tashkil qiluvchi 
    12 qamariy oydan iborat bo‘lib, hilolni masjid minorasidan yoki rasadxona 
    tepasidan ko‘z bilan ko‘rib aniqlangan. Shuning uchun musulmon kishining hayoti 
    astronomiya, matematika, jo‘g‘rofiya, hunarmandlik va me’morchilikka aloqador 
    bo‘lgan.
    Hayotimizda chuqur o‘zgarishlar yuz bermoqda. Xalqimizning asriy orzusi 
    mustaqillikka tinch, parlament yo‘li bilan erishdik. Istiqlol tufayli o‘zbek xalqi 
    o‘zining haqiqiy tarixini, jahon tan olgan madaniy va ma’rifiy boyliklarini, urf-
    odat va an`analarini tiklash imkoniyatiga ega bo‘ldi.

    Download 2,88 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   87




    Download 2,88 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna

    Download 2,88 Mb.
    Pdf ko'rish