166
hokazolar) ni tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat
pedagogik jarayon.
Iqtisodiy ta’lim
- o‘quvchilarga xo‘jalik yuritish tizimi (oila budjetini
shakllantirish, xo‘jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish,
savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va hokazolar) to‘g‘risidagi nazariy
bilimlarni berishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
- «Ta’lim to‘
:
g‘risida»gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili hamda
ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak
umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy
hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan,
istiqlol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini
shakllantirish mazmunini belgilab beruvchi yuridik hujjat.
Kasb-hunar kolleji
– o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va
ko‘nikmalarini chuqur rivojlantiruvchi, tanlab olingan kasb-hunar bo‘yicha bir
yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratish maqsadida tegishli davlat ta’lim
standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini beruvchi, yuridik
maqomga ega ta’lim muassasasi.