• Diniy (ziyorat) turizmi hozirgi paytda ommaviy tus olayapti.
  • 1.3.4. Harakatlanish usullari bo‘yicha tasniflash (klassifikatsiyalash)
  • Tanishlar va qarindosh – urug‘larnikiga tashrif




    Download 2.37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/197
    Sana25.02.2022
    Hajmi2.37 Mb.
    #18108
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   197
    Bog'liq
    5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008
    3 kurs TM AX, Baxtiyor Asqarovich Ruzinov, МАТН
    Tanishlar va qarindosh – urug‘larnikiga tashrif. Turistik statistikaning 
    ko‘rsatishicha, sayohatning bu turi o‘zida xalqaro turizmning katta segmentini 
    mujassam etgan. Qarindoshlar bilan uchrashish maqsadida juda tez-tez safarlar qayta 
    takrorlanadi, bo‘lish davomiyligi esa ishga doir va rekreatsion safarlardan ortiqdir. 
    Misol uchun, arab mamlakatlari, Hindiston, Pokistondan Angliyada yashayotgan 
    do‘stlari, qarindoshlarini ko‘rgani doimiy ravishda mehmonlar tashrif buyuradi. 
    Rossiya va Ukrainaga Kanada, AQShdan ajdodlari slovyan bo‘lgan oila a’zolari 
    kelishadi. 
    Turistik bozorning mazkur segmenti yana etnik yoki qo‘msashsog‘inish 
    turizmi deb ham ataladi. Bu odamlarni do‘stlari, qarindoshlari bilan uchrashish 
    ehtiyojga bog‘liq bo‘lib, xalqaro turistik almashinishda muhim o‘rin egallaydi. 
    Odatda bozorning bu segmentida ishlashga bir necha turfirmalar ixtisoslashadi. 
    Diniy (ziyorat) turizmi hozirgi paytda ommaviy tus olayapti. Uning bir 
    necha turlari ajratiladi: 
     ziyorat (muqaddas joylarga tashrif va ibodat qilish); 
     bilimni orttirish safari (diniy, tarixiy yodgorliklar va boshqalar bilan 
    tanishish); 
     ilmiy safar din bilan shug‘ullanuvchi (tarixchi va boshqa mutaxassislarni 
    safari). 
    1.3.4. Harakatlanish usullari bo‘yicha tasniflash
    (klassifikatsiyalash) 
     
    Harakatlanish usuli va tanlangan transport turiga bog‘liq holda turizmni 
    aviatsion, temiryo‘l, avtoturizm, avtobusli, suv, piyoda, velosipedli turlarga ajratish 
    mumkin. 
    Sayohatchi qaysi bir transport turini tanlamasin bugungi kunda ixcham va 
    qulaylik, sayohat xavfsizligi zarur shartlardan hisoblanadi. Sayohat xavfsizligi 
    ko‘rsatkichlari avariyalar (transport turlari bo‘yicha yillik avariyalar soni) va shaxsiy 
    xavfsizlik hisoblanadi. Bunda 100 000 kishi hisobga yo‘l-transport hodisalarida xalok 


    19 
    bo‘lganlar soni asosiy ko‘rsatkich bo‘ladi. Rossiyada bu ko‘rsatkich avtotransportdan 
    yuqori darajada foydalanilayotgan mamlakatlardagiga nisbatan ancha ko‘p. 
    Turizm va transport shunchalik o‘zaro bog‘langanki, ularni biri-birisiz tasavvur 
    qilib bo‘lmaydi. O‘zaro bog‘liqlikka misol: Recrtational Vehicles (RV) – avtotirkama 
    yoki avtofurgon tipidagi g‘ildirak ustidagi uy (xuddi rossiyaning «Skiflariga 
    o‘xshash) da bitta vositada joylashishi, harakatlanish qo‘shilib ketgan. Bunday 
    g‘ildirakli uylarni sotishning o‘sishi ular uchun maxsus jihaozlangan to‘xtab turish 
    maydonchalari, komponentlar qurilishini kengaytirishni talab qiladi. Bu esa o‘z 
    navbatida ularni elektr, suv ta’minoti, kanalizatsiya, boshqa infratuzilmalarga ulashni 
    taqazo etadi. 
    Ko‘pchilik turistlar atrof bemolol ko‘rinib turadigan oynali, o‘tirg‘ichlari 
    yotqiziladigan, hojatxonasi, musiqa, televizor, mikrofon, konditsoner uskunalari bilan 
    jihaozlangan maxsus avtobuslarda sayohat qilishni xush ko‘rashadi. Bunday 
    avtobuslar poyezdlar bormaydigan, samolyot uchmaydigan joylarga borish imkonini 
    beradi. Avtobus parki ahvoli yer usti xizmati sifatini belgilovchi ko‘rsatkich 
    hisoblanadi. 
    Turistlar transportining alohida tipi-kemada sayohat qilishni yoqtirishadi. Bu 
    yo‘lovchilarni faqat u portdan bu portga olib boradigan transprt vositasigina emas, 
    balki joylashtirish, tunaydigan, ovqatlanadigan, eng yaxshi tur mahsulotlardan
    xizmatlardan bahramand etadigan shinam kemalardir. Zamonaviy sayohat kemalari 
    turistlar uchun quyidagi qulayliklarga ega: trenajer zali, basseyn, kinoteatr, 
    videosalon, diskoteka, magazin, restoran va barlar, konsert zallari bilan jihozlangan. 
    Ayrim kemalarda konferensiya zali, sinxron tarjima uchun uskunalar bor, bular ishga 
    doir uchrashuvlar, ilmiy konferensiyalar o‘tkazishga imkon beradi. Sayohat 
    kemalarining eng diqqatga molik tomoni – ovqatlanishdir. Kemadagi stabilizatorlar 
    chayqalishni odam organizmiga ta’sirini pasaytiradi. Juda ko‘p kemalarda keng garaj 
    binosi bor, bu esa turistlarga o‘zi bilan avtomobilini ham olish, kema to‘xtab 
    turganda turli mamlakat portlarida undan foydalanish imkonini beradi. 

    Download 2.37 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   197




    Download 2.37 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tanishlar va qarindosh – urug‘larnikiga tashrif

    Download 2.37 Mb.
    Pdf ko'rish