O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti




Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/197
Sana25.02.2022
Hajmi2.37 Mb.
#18108
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   197
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008
3 kurs TM AX, Baxtiyor Asqarovich Ruzinov, МАТН
Manba: 
«Ekonomika i organizatsiya turizma» M., 2006 
Dam olish va rekreatsion turizmga dam olish maqsadidagi turli ko‘rinishdagi 
turizm, diqqatga sazovar joylar bilan tanishish (Excursions), sport bilan shug‘ullanish 
(Skiinq, Divinq, Fishinq), poxodlar uyushtirish (Activity Adventure), ekzotik dam 
olish (Exotic Travel), tematik safar (Theme Trips, based around cultural themes 
inarts, history, archalology, etc) lar kiradi. 
** Ishga doir turizmga kongressli (Conference Travel), ishga doir muzokaralar 
olib borish maqsadidagi safar, seminarlar va boshqa professional (kasbiy) 
maqsadlardagi (Business Talks. ete), shop turlar kiradi. 
 
 
1.3.1. Takliflar turi bo‘yicha tasniflash (klassifikatsiyalash) 
Guruh (Group) va yakka holda (FIT) ga xorijiy turizm. Turistik biznesda 
professional (kasb mutaxassis)lar bir-birlarini yarim so‘zda tushunadigan bir qator 
atamalar mavjud. «FIT» va “Group” atamalari ko‘proq ishlatiladigan atamalar 
hisoblanadi. FIT abbreviaturasi Foreiqn Independent Traveler ma’nosini anglatadi. 
Tom ma’noda – xorijiy mustaqil sayohatchi, ruschada – yakka turist deb ataladi. U 
sayohat marshruti va grafigini o‘z xohishiga qarab, o‘zi belgilaydi.
Yakka turist turagentlik xizmatidan foydalanishi mumkin. Lekin, sayohatni 
mustaqil tashkil etaolishi ham mumkin. Masalan, Internet orqali.
Otellar, restoranlar, transport va boshqa korxonalar (yetkazib beruvchilar) o‘z 
xizmatlarini yakka – individual turistlar va guruh holdagi turistlar uchun alohidagi 
tariflar bo‘yicha taklif qiladilar. Yakka individual holdagi sayohat odatda guruh 
sayohatiga qaraganda qimmatga tushadi (bir turistga hisoblanadi). 
Kompleks xizmat ko‘rsatish (Packaqe tour) guruh turizmi uchun taklif qilingan 
xizmatlarning asosiy tipi hisoblanadi. Turist turpaketni sotib oladi, unda tur 
qiymatiga qo‘shilgan xizmatlar to‘plami qayd etilgan. Odatda, turpaket qiymati tur 


14 
paketga kirgan ayrim xizmatlar qiymati summasidan pastroq. Guruh turpaketi guruh 
vaucheri bilan rasmiylashtiriladi. Guruh turistlari uning evaziga kompleks xizmat 
ko‘rsatishlarni oladi. Bunga aviatashish, mehmonxonaga joylashish, restoranda 
ovqatlanish, ekskursiya xizmatlari va boshqa xizmatlar qo‘shilgan. 
Turpaketga butun marshrut bo‘ylab gid-tarjimon xizmatlari ham kiritilishi 
mumkin. Bu yoshlar va maktab guruhlari, shuningdek uchinchi yoshdagi turistlar 
orasida ayniqsa mashhurdir. Professional (kasbiy) gid-tarjimonlar ekskursiyalar 
o‘tkazadilar. Ular turistlar boradigan yo‘l (marshrut) bo‘yicha axborotlar beradilar. 
Guruhga xizmat ko‘rsatishda barcha tashkiliy masalalarni ham hal etishda 
ko‘maklashadilar. Guruhning barcha a’zolariga g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatadilar. 
Gid – tarjimonlar sayohat chog‘ida turistlar ko‘rganlarini tushuntiradilar, ular haqida 
aytib beradilar. 
Hammasi qo‘shilgan (All - inclusive) – joylashish xizmatining alohida turi 
bo‘lib, ayrim qimmat otellar tomonidan butun restoran – mehmonxona xizmatlari 
to‘plami bitta narxga qo‘shilgandir. 
Ayniqsa muhim mu’tabar shaxs (VIP) lar uchun turistik kompleks xizmat taklif 
qilish alohida katta e’tiborni talab qiladi. Bu yuqori servis darajasi (va baland narxni) 
ni taqozo etadi. Bu masalan, aeroport, chegara va bojxona rasmiyatchiliklaridan 
o‘tish bo‘yicha, bo‘lishi mumkin. Alohida shinamxona, limuzinda tranfer tashrif 
buyurish, tantanali kutib olish, prezident xonasiga joylashtirish, kutib olish va 
marosimlarni tashkil etish ham shu xizmatlarga kiradi. 
Klubda dam olish (Club Holdays) alohida tashkiliy tarkibga taklif qilinadi. 
Qaysikim u o‘z hududiga va joylashish vositalariga ega. Klub mijozlarining ko‘ngil-
ochish va faol dam olishi uchun maxsuslangan. 

Download 2.37 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   197




Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish