• 1.2. Turizm turkumi (kategoriyalari)
  • turistning ehtiyojini qondiradigan, maqsadlari talabiga javob beradigan




    Download 2.37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/197
    Sana25.02.2022
    Hajmi2.37 Mb.
    #18108
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197
    Bog'liq
    5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008
    3 kurs TM AX, Baxtiyor Asqarovich Ruzinov, МАТН
    turistning ehtiyojini qondiradigan, maqsadlari talabiga javob beradigan 
    territoriya yoki manzildir.
    Destinatsiya birlamchi va ikkilamchi bo‘lishi mumkin. Birlamchi 
    destinatsiyaga o‘zining jalb qilish xususiyatlari bilan mijozni tashrif buyurishga 
    chorlaydi. Bundan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad – bu qiziqishni ma’lum yetarli uzoq 
    vaqt oraliqda (masalan, bir haftaga) qondirishdan iborat. 
    Ikkilamchi destinatsiya (yoki yo‘lda to‘xtash) birinchi destinatsiyaga borish 
    yo‘lida to‘xtalmasa bo‘lmaydigan joyni bildiradi. Ikkilamchi destinatsiyani asosiy 
    vazifasi turistlarni bir – ikki kunga istaklarini qondirishdan iborat. U bir tomondan 
    birinchi destinatsiyaga borishda yo‘lda to‘xtash zarurati, ikkinchi tomondan turist 
    uchun diqqatga sazovar joylarni tomosha qilish uchun bir-ikki kunlik sayr-
    tomoshadir. Shuning uchun ham ikkilamchi destinatsiya qisqa muddatga turistlarni 
    ko‘proq jalb qilishi lozim. 
    Yana bir muhim jihatni ta’kidlash kerak. Birlamchi destinatsiya hamma vaqt 
    ma’lum hududda joylashishi bilan harakterlanadi (masalan, Disneylend), ikkilamchisi 
    esa transport kommunikatsiyalariga nisbatan albatta qulay joylashgan bo‘lishi zarur. 
    1.2. Turizm turkumi (kategoriyalari) 
    Turizm sohasi – ko‘pqirrali hodisa bo‘lib, u ko‘pgina shakllarda namoyon 
    bo‘ladi va ilmiy adabiyotlarda uning juda ko‘p ta’riflari uchraydi. Ammo turizm 
    konsepsiyasini yozish va bu tushunchani imkoniyat darajasida aniqroq shakllantirish 
    uchun iloji boricha qo‘yidagi savollarni albatta tahlil etish zarur: 
     
    Turizmni o‘rganish maqsadida – turizm fenomeni (hodisa) tahlili 
    birinchi galda bu fenomen nimalarni o‘z ichiga qamrab olganligini aniqlash talab 
    etiladi. 
     
    Statistika maqsadlari uchun – turizm fenomenini o‘lchash uchun uni juda 
    ham aniqlikda belgilash lozim. 
    Turizmni boshlang‘ich va nisbatan aniqroq belgilash Bern universiteti 
    professorlari Gunziker va Krapaf (Shvesariya) tomonidan amalga oshirildi va 
    keyinroq turizm ilmiy ekspertlari Xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan qabul qilindi. 
    Olimlar turizmni hodisa sifatida va sayohat chog‘ida vujudga keladigan o‘zaro 



    munosabatlar deb qarash kerak deb hisoblaydilar. Qaysikim, u hali doimiy bo‘lishga 
    olib kelgani yo‘q va biror-bir foyda olish bilan bog‘liq emas.
    Vaqt o‘tishi bilan turizmning bu konsepsiyasi modifikatsiyalashdi va turizmda 
    ishbirlarmonlikka doir turli xil sayohatlarni ham kirita boshlashdi. Qaysikim, doimiy 
    bo‘lishga olib kelmaydi va kelgan mamlakatda daromad ko‘rishni xayoliga 
    keltirmaydi. Shuning uchun ularning iqtisodiy ahamiyati ham shundayligicha qoladi. 
    Ya’ni turizm «shaxslarni ularning odatdagi muhitidan tashqarida bo‘lgan chog‘i, 
    sayohatga chiqqan va joy (manzil)ga yetib kelgan, dam olish yoki ish yuzasidan 
    chetda bir yildan ortiq bo‘lmagan davrdagi faoliyatidir» (BTT).
    Ular orasida turizmning besh xil ta’rifini konseptual aniqlanishi zarur: 
     
    turizm – odamlarning mo‘ljallangan turistik manzillar sari harakatlanishi 
    natijasi va u yerda turistik ehtiyojlarini qondirish maqsadida to‘xtashidir; 
     
    turizmning turli shakllari ikki bazaviy elementni o‘z ichiga oladi: 
    ko‘zlangan turistik manzilga sayohat (joyni almashtirish) va mazkur manzilda 
    to‘xtash, qaysikim, joylashish va ovqatlanish va boshqa ehtiyojlarni qondirishni 
    ko‘zda tutadi; 
     
    sayohat turistning doimiy yashash joyidan – mamlakatdan (hudud, 
    yashash joyi) chiqib ketishini bildiradi; 
     
    turistlarning turli turistik manzillar sari harakatlari vaqtinchalik 
    hisoblanadi. Ya’ni turistlar doimiy yashash joyiga bir necha kun, hafta yoki oydan 
    keyin qaytib keladilar; 
     
    odamlar turistik joylarga turli maqsadlarda tashrif buyuradilar, qaysikim, 
    doimiy yashash va daromad olish (ishchanlik faolligi)ni ko‘zda tutmaydi. 
    Turizm uning barcha shakllarida rivojlanishi mavjud mablag‘ resurslari va 
    individuallarning bir vaqtlariga bog‘liq faoliyatida namoyon bo‘ladi. Ta’kidlash 
    zarurki, odamlarning sayohat qilishlari bo‘yicha sabablardan biri bu – sayr, tomosha 
    va kundalik tashvishlardan xoli bo‘lish hisoblanadi. Turizm sayohatchilarning 
    ko‘zlangan joyga harakatlanishi hisoblanadi, qaysikim ham mamlakatda, ham undan 
    tashqarida bo‘lishadi. Ko‘pincha sayohatchilar soni mahalliy aholi soni bilan 
    taqqoslanadi, qaysikim ular tashrif buyuradi (hatto son jihatidan ulardan oshadi). 
    Turizmning barcha shakllari qaysidir sayohat turini o‘z ichiga oladi, lekin 
    sayohatning hamma turi ham turizm bo‘lavermaydi. BTT tavsiyalariga ko‘ra, turistlar 
    hammasi tashrif buyuruvchilar sifatida belgilanadi. Shu tarzda barcha sayohatchilar 
    tashrif buyuruvchilar (turistik statistikaga qo‘shiladi) ga va boshqa sayohatchilar 
    (turistik statistikaga qo‘shilmaydi) ga bo‘linadi. 
    Turizmning vaqtinchalik harakteri uni migratsiyadan farqlaydi. Migratsiya – 
    aholining harakati va yashash joyini o‘zgartirishidir. Turizm esa sayohatning qisqa 
    muddatligi va aholining ko‘zlangan manzilga mavsumiy va vaqtinchalik 
    harakatlanishi bo‘lib, ularni talablarini qondiradi. 
    Turizm ta’rifini to‘laroq belgilash uchun BTT turizm turlari bo‘yicha quyidagi 
    tasnif (klassifikatsiya)ni kiritishni taklif qildi: ichki, kirish va chiqish turizmi. 
    Turizmni tasniflash (klassifikatsiyalar)ning asosiy mezoni bo‘lib, turistlarning davlat 
    chegaralarini kesib o‘tishi hisoblanadi. Buning ustiga mazkur tasnif 
    (klassifikatsiya)larni mamlakatlar uchun ham, har bir aniq mintaqa, manzil uchun 
    ham qo‘llash mumkin.


    10 

    Download 2.37 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197




    Download 2.37 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    turistning ehtiyojini qondiradigan, maqsadlari talabiga javob beradigan

    Download 2.37 Mb.
    Pdf ko'rish