• «Turizm to‘g‘risidagi qonuni».
  • Turizm yagona tizim sifatida Turistlarni Jo‘nab ketuvchi turistlar
  • olish, ishga aloqador va boshqa maqsadlarda bir yildan ko‘p




    Download 2.37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/197
    Sana25.02.2022
    Hajmi2.37 Mb.
    #18108
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197
    Bog'liq
    5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008
    3 kurs TM AX, Baxtiyor Asqarovich Ruzinov, МАТН
    olish, ishga aloqador va boshqa maqsadlarda bir yildan ko‘p 
    bo‘lmagan davrda bo‘lgan sayoxat va joylarda bo‘lishni amalga 
    oshirgan shaxs faoliyati»; 

    Turizm – jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog‘lomlashtirish, 
    ma’rifiy, kasbiy – amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda 
    (mamlakatda) haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda uzog‘i 
    bilan bir yil muddatga jo‘nab ketishi (sayohat qilishi) dir. (O‘zbekiston 
    Respublikasining «Turizm to‘g‘risidagi qonuni». 3 modda. 1999 yil 20 
    avgust).



    Транзит минтақа (транзит 
    йўналиш)
    Tizimli yondoshuvdan foydalanib, «turizm» tushunchasini tahlil qilar ekanmiz, 
    Amerikalik professor Meynsen universiteti, Oklend sh. Leyper konsepsiyasini 
    ajratamiz. U turizmni uch asosiy elementlardan iborat tizim deb ataydi: 
    1. Geografik komponent; 
    2. Turistlar;
    3. Turistik industriya.
    Geografik komponent o‘z o‘rnida qo‘yidagi elementlarni qamrab
    oladi: 
     turistlarni «vujudga keltiruvchi» mintaqa; 
    tranzit mintaqa
     turistik manzil (destinatsiya)lar mintaqasi (1- rasm). 
    Rasm 1 
    Turizm yagona tizim sifatida 
     
     
     
    Turistlarni 
    Jo‘nab ketuvchi turistlar Mintaqa, 
    «vujudga turistik manzil 
    keltiruvchi» (distinatsiya)
    mintaqa
     
    Qaytayotgan turistlar
     
     
     
    Turistlarni «vujudga Turistlar to‘xtab o‘tadi- Ko‘zlangan manzil
    keltiruvchi» mintaqalar gan joylar (mamlakat, (sayohat maqsadi) 
    (mamlakat, o‘lka, viloyat, o‘lka, viloyat, tuman, 
    tuman, shahar va boshq.) shahar va boshqalar) 
    Manba: 
    «Ekonomika i organizatsiya turizma» M., 2006 
    Turistlarni «vujudga keltiruvchi» mintaqa o‘zida turistlar o‘z sayohatini 
    boshlagan uni tashkil qilgan joy sifatida namoyon bo‘ladi. Mazkur element 
    masalalarini o‘rganishning asosiy omillari shundan iboratki, ularning ijtimoiy-
    iqtisodiy va demografik xususiyatlari, geografik joylashgan yerining turizm 
    talabalarini rag‘batlantiruvchi sifatlari qarab chiqiladi. Tabiiyki, turizm industriyasida 
    asosiy marketing operatsiyalari xuddi shu yerda amalga oshiriladi. 
    Turistlar «vujudga keltiruvchi» mintaqada doimiy ravishda potensial 
    iste’molchilarni sayohatga chorlovchi motivlar (rahbatlantiruvchi) jarayonlari 
    kechadi. Odamlar turli mamlakatlar haqida kitoblar o‘qiydilar, jurnallarni tomosha 
    qiladilar, reklama axborotlarini o‘rganadilar, televizor ko‘radilar, tanish-bilishlari, 
    qarindosh-urug‘lari bilan muloqatda bo‘ladilar va nihoyat a’lum qarorga keladilar va 
    sayohatga yo‘l oldilar.



    Turizmga ta’sir etuvchi omillar: tabiiy, iqtisodiy, texnologik, ijtimoiy, 
    madaniy, siyosiy, huquqiy, jismoniy va boshqalar. 
    Tranzit so‘zining ma’nosi bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga uchinchi 
    mamlakat tuprog‘i orqali pasajjirlar va yuklarni olib o‘tish tushuniladi. 
    Turistlar o‘z sayohat maqsadi sari yo‘l olar ekanlar, bir muncha vaqt (bir necha 
    soatdan bir necha kungacha) tranzit mintaqa deb alatuvchi joylarda to‘xtashlari 
    mumkin. Bu eng avvalo bir transportdan boshqa transport vositasiga (masalan, 
    samolyotdan avtobusga) o‘tib o‘tish joyi. Shuning uchun ham transport xizmati bu 
    yerda asosiy rol o‘ynaydi. Tranzit mintaqasi funksiyalaridan biri shundan iboratki, 
    turistlarga umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan (restoranlar, kafe va boshq.) 
    xizmat ko‘rsatilishidir. Ammo, turistlar bu yerda diqqatga sazovar joylar bo‘lsa, 
    ularni tomosha qilish uchun bir necha kun qolishlari ham mumkin. 
    Tranzit mintaqasi (tranzit yo‘nalish) turistlarni «vujudga keltiruvchi» va 
    turistik destinatsiya (manzil)lar o‘rtasida bog‘lovchi bug‘in hisoblanadi. Bu 
    tushuncha mazkur sxemaning eng muhim elementlari sanaladi. Chunki tranzit 
    mintaqa orqali turli turistik oqimlar o‘tishi mumkin. Ammo biroq sayohatning 
    maqsadi – bu turistik destinatsiya mintaqasidir. Destinatsiya tushunchasi, uning 
    mohiyati va xususiyatlariga to‘xtalamiz. 

    Download 2.37 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   197




    Download 2.37 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    olish, ishga aloqador va boshqa maqsadlarda bir yildan ko‘p

    Download 2.37 Mb.
    Pdf ko'rish