• Mavzu 12. Turizmda narx siyosati
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalqaro turizm va turizm servisi kafedrasi Usmanova Z. I. Turizm marketingi




    Download 414,67 Kb.
    bet72/89
    Sana09.01.2024
    Hajmi414,67 Kb.
    #133091
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   89
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s-fayllar.org

    Tayanch iboralar: biznes-reja, strategiya, Samara, tahlil, rezyume, loyiha, dastur, texnologiya, huquqiy mavqei, rentabellik, istiqbollik, istiqbollash, internet.


    Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:
    1. Biznes-reja ahamiyati nimadan iborat?

    2. Biznes-rejaning asoslanishini ayting.


    3. Firma strategik ishning tartibini ko‘rsating.
    4. Biznes-rejaning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
    5. Biznes-rejani qanday mutaxassislar tayyorlaydi?
    6. Firma faoliyatining ichki sharoitlariga nimalar kiradi? Tashqi sharoitlarga-chi?
    7. Rezyume bo‘limining asosiy mazmuni nimadan iborat?
    8. Talabni istiqbollash tushunchasini ayting.
    9. Talabani istiqbollash necha hil bo‘ladi?
    10. Turistik talabni istiqbollash jarayoni qanday tartibda olib boriladi?
    11. Elektron sotuvlarning qanday afzalliklari bor?
    12. Texnik takomillashtirishdan foydalanishga firmalarga nimalar to‘sqinlik qiladi?
    13. Texnologik yetakchilikning qanday tashkiliy tadbirlari amalga oshirilishi zarur?
    Mavzu 12. Turizmda narx siyosati
    Reja:
    12.1. Turmahsulot narxining tarkibiy tuzilishi
    12.2. Turistik faoliyat harajatlari va daromadlari
    12.3. Turizmda narx belgilash usullari


    12.1. Turmahsulot narxining tarkibiy tuzilishi
    Zamonaviy iqtisodiy ta’limot narxni, uni tashkil etuvchi omillar majmuasining o‘zaro ta’siri natijasi, deb ta’riflaydi. Mukammal raqobat, ya’ni ko‘pgina kichik firmalar bozorga kirish va undan chiqishda bir xil ijobiy imkoniyatlardan, barcha axborot turlaridan teng holda foydalangan sharoitda narx bozori o‘rnatiladi. Bu narx – muvozanatli (Rm) narx, deb ataladi 12.1-chizma.

    Muvozanatli narx, bir tomondan, eng yuqori foyda olishga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa, eng yuqori sarf harajatlarga teng bo‘ladi. Talab egrisi – turistik xizmatlarga bo‘lgan iste’molchilar talabi, ularning narxi pasayishi bilan o‘sib borishini ifoda etadi. Xizmat yaratuvchilar esa, narxning o‘sishi bilan taklifni ko‘paytirishadi. Chizmada egrilarning bir nuqtada uchrashuvi talab va taklifning muvozanatda bo‘lishi taqozo etadi, narx esa, bu muvozanatning ifodasi bo‘ladi.


    Turistik mahsulot narxining ikki chegarasi mavjud: quyi va yuqori. Quyi chegarasi, bu – yaratilgan tovari (turistik paket)ning tannarxi, yuqori chegarasi esa, aniq tovar (turistik paket)ga bo‘lgan talab. Demak, turmahsulot narxining miqdori uning qiymati vash u mahsulotga bo‘lgan talab bilan belgilanadi. Bundan tashqari, turmahsulotning narxiga bir qator omillar: xizmat ko‘rsatish darajasi, ishlatiladigan transport vositasi, xizmat qilish shakli (guruhiy yoki yakka holda), turxizmatlar bozorining konyukturasi, xizmatlar taklifining mavsumiyligi, reklama samarasi va hokazolar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

    taklif talab


    Rm
    narx

    Download 414,67 Kb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   89




    Download 414,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalqaro turizm va turizm servisi kafedrasi Usmanova Z. I. Turizm marketingi

    Download 414,67 Kb.