Turizmda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish




Download 414,67 Kb.
bet71/89
Sana09.01.2024
Hajmi414,67 Kb.
#133091
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   89
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s-fayllar.org

11.3. Turizmda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish
Turizmda yangi texnologiyalarni qo‘llash daromadni oshirishga yordam beradi. Bunday imkoniyatlar turizmda yangilik emas.

Muvaffaqiyatli rivojlangan firmalarda turlarni takomillashtirish uchun turtkini bosh menejer beradi. Bu shuni bildiradiki, uning o‘zi barcha ishlarni bajaradi. Bu degani xizmatlarni ishlab chiqish masalalarini, odatda, marketing tadqiqotlari, moliya yoki turistlarni chet elga yo‘nalishlarini kengaytirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi rahbariyat manfaatlari tizimi kabi qabul qiladi.


Tabiiyki takomillashtirish imkoniyatlari turli firmalarda bir xil emas, lekin tajribalar shuni ko‘rsatadiki, qayerda takomillashtirish imkoniyati mavjud bo‘lsa, quyidagi besh harakat keng qo‘llaniladi:
1) firma to‘la serunum ishlashi uchun, jumladan, xizmatlarni siljitish va ishlab chiqish jarayonlariga ta’sir qiluvchi texnik yangiliklar kelajakda foyda berishi uchun ishlar yetarli darajada tashkil etilganligi. Bunga yaqqol misol bo‘lib turistik agentliklar faoliyatda internetning global elektron tarmoqlaridan foydalanish hisoblanadi.
Internet orqali amalga oshiriladigan elektron sotuvlar usuli bir qator afzalliklarga ega:
  1. axborot olishning chegaralanmagan hajmi, bunda turistik firma suratlar bilan tasvirlangan va boshqa ko‘rgazmali materiallar bilan ta’minlangan loyihalar to‘g‘risida keng doiradagi axborotlarni tavsiya etishi mumkin;


  2. ko‘pchilikni o‘ziga tobe etish imkoniyati;


  3. kechayu-kunduz foydalanish imkoniyati;


  4. tezkor yangilashning imkoniyati;


  5. interaktiv tartib, ya’ni iste’molchi o‘zi taklif etiladigan xizmatlar ro‘yxatini ko‘rib chiqishi va zudlik bilan turfirma nomiga savol yoki buyurtma berish uchun elektron xat yuborishi mumkin;


2) harajatlarni kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirishga yordam beruvchi muammolarni yechishga zamonaviy analitik usullar va yondashuvlardan amaliy ravishlda foydalanilmayaptimi?


3) ishlab chiqarish jarayonlari orqali foydaga ta’sir qiluvchi asosiy omillar aniqlanganmi, firma mazkur omillar bilan hamkorlik qilishga tayyormi?
4) firmani chet elda vakilligi va bozori mavjudmi, dunyoda yuz berayotgan o‘zgarishlar faqatgina o‘zining davlatidagi vaziyatni baholash bilan chegaralanmasdan e’tibor berilayaptimi?
5) foydani oshirishga yo‘naltirilgan xatti-harakatlar samaralimi. Bu bir martali jarayonmi yoki firmaning barcha ishlab chiqarish jarayonlari va bo‘limlarida aks etuvchi firmaning hayot tarzi hisoblanadimi?
Kompaniya xizmatlarni ishlab chiqishda texnologik o‘zgarishlar oqibatlari bilan qanchalik samarali faoliyat ko‘rsatayapti?
Firmalarga texnik takomillashtirishdan foydalanishga nima to‘sqinlik qiladi?
Javoblardan biri — bu o‘zgarishlarni yuqori tezligi va ularni hamma joyda bo‘lishi sababli har doim oldinda bo‘lishi juda murakkabdir.
Buning uchun kompaniya rahbariyatiga sinchkovlik bilan diqqat qilish talab etiladi.
Texnologik yetakchilik uchun besh tashkiliy tadbirni amalga oshirish zarur:
1) firmaning ehtiyoji bo‘lgan texnologik yangilikni doimiy qidirish, rivojlantirish va unga moslashish uchun javobgar bo‘lgan shaxs yoki guruhni aniqlash zarur;
2) qayerda aynan yangi turdagi xizmat turlari va g‘oyalar kerakligini bilish uchun ishlab chiqarish jarayonini doimiy ravishda nazorat qilish;
3) boshqa firmalardagi o‘zgarishlarga diqqatni jalb qilish, xabardor bo‘lishi;
4) faoliyat doirasi aniqlangan bo‘lsa, har bir yo‘nalishda yangilikning bahosini, unumli ishlashini va ayniqsa, hozirda hamda kelajakda firmaning boshqa shu’balari ishiga ta’sirini aniqlash talab etiladi;
5) jamoadagi munosabatlar tizimiga e’tiborni jalb qilib, u bilan ishlashni chuqur o‘ylangan siyosatini ishlab chiqish va rivojlantirish. Bu nafaqat ortiqcha muammolarni xalos bo‘lishiga yordam beradi, balki kishilarni texnologik yangiliklarni ijobiy tarzda qabul qilishga yo‘naltiradi.
Yaqin vaqtlardan boshlab, turizmda ishlab chiqarish jarayoniga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi iqtisodiy tahlilni yangi usullarini qo‘llash odat tusiga kirdi. Ulardan foydalanishdagi professionallik foyda olish jarayonida murakkablashuvchi va kuchayib boruvchi raqobat bilan yaxshi kurasha olmaydigan yetakchilardan tubdan farq qiladi.
Iqtisodiy tahlilni yangi usullari namunalarni o‘rganish usuli va ehtimollik nazariyasi usulidan tortib to o‘xshash usullari va chiziqli dasturlashgacha o‘zgarib turadi. Ular maxsuslashtirilgan boshqaruv yondashuvlarini ma’lum miqdorini o‘z ichiga oladi. Jumladan, kritik yo‘lni rejalashtirishni uning barcha murakkab tarmoqlari bilan birgalikdagi ko‘rinishi kabi, bu usullar abstrakt tushuncha bo‘lmaganligi sababli hamda tushunishga qiyin bo‘lmaganligi uchun ko‘pgina konservativ boshqaruvchilar bulardan foydalanishga unchalik shoshmaydilar. Ishlab chiqarish operatsiyalarida ularning potensial ulushi tabiiyligi sababli ular ishonchsizlikka tortilmaydi.
Nima uchun barcha firmalar mazkur usullardan foydalanishga intiladilar. Javob shandan iboratki, iqtisodiy tadqiqotni analitik usullaridan foydalanuvchi mutaxassislar aksariyat hollarda firma boshqaruvchisi bo‘lib hisoblanmaydi. Natijalar uchun javob berish aynan firma rahbariyatini o‘rta bo‘Qiniga to‘g‘ri keladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, firma muammolariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va boshqaruvchilar o‘rtasidagi qarashlar o‘rtasida kattagina farq mavjud. Mazkur ziddiyatlarni muvaffaqiyatli hal eta olgan firmalargina yetakchilik cho‘qqisiga chiqa oladi.
Xizmatlarni ishlab chiqish uchun javobgar bo‘lgan boshqaruvchilarga yangilikni yaxshiroq qabul qilish uchun bir necha qoidalar:
  1. iqtisodiy tahlil usullaridan foydalanish va mos ravishdagi qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan mutaxassislar yoki bilimlar ulardan foydalanadigan operatsion menejerlarga yaqinroq joylashgan bo‘lishi zarur;


  2. boshqaruvchilar usullarni axborot imkoniyatlari bilan shunday tanish bo‘lishlari kerakki, ularni foyda keltirishni tushunishi hamda maksimal darajada foyda olish maqsadida ulardan amaliyotda foydalanish imkoniyatlarini topish zarur;


  3. umumiy tanishuvlar yetarli emas, operatsion rahbarlik boshidan to oxirigacha muammolarni aniqlashda faol ishtirok etishi talab etiladi. Mazkur muammolarni hal etilishi tahlil uchun ma’lumotlarni saralashda, unumli ishlashda kattagina yordam berishi va foydani oshirish maqsadlarida tahlil natijalarida olingan ma’lumotlarga e’tiborni jalb qilib harakat qilishga yordam beradi.


Mazkur chora-tadbirlar qabul qilinganligiga ishonch hosil qilgan rahbariyat yana ikki qoidani esdan chiqarmasligi zarur. Birinchisi, agar doimiy nazoratga tortilsa, iqtisodiy tahlil usullari samaralidir. Bu yangi imkoniyatlar yanada yuqoriroq iqtisodiy samara sohalarida ishlab chiqilganiga ishonch hosil qilishining yagona yo‘li hisoblanadi.


Ikkinchisi, yangi usullarni qo‘llash yo‘lga qo‘yilgan turistik mahsulotli aloqalar xulq-atvori, javobgarlik va subardinatsiya chiziQi bilan kesishadi. Ko‘pgina firmalarda ishlab chiqarish uchun barcha javobgarlar bilan boshqaruvchilarni birgalikda ishlashi uchun oliy rahbariyatni vositachilik harakati talab etiladi.
So‘nggi vaqtda ishlab chiqarishdagi taraqqiyoti asosan tannarx va harajatlarni pasaytirishga tegishli bo‘lgan. Lekin texnologik o‘zgarishlar va turli analitik usullar bozordagi o‘zgarishlarni boshlab berdi, shu sababli xizmatlar ishlab chiqarishni boshqa jihatlari muhimligini oshirdi. Bu yangi texnologiyalar va yondashuvlar bilan bir qatorda o‘z ahamiyatliligini isbotlab bergan tashkiliy munosabatlarda o‘z aksini topdi. Bu yerda yaxshilash imkoniyatlari jarayonlarga nisbatan ko‘proq kishilarga tegishlidir. Bu yerda g‘alati holat kelib chiqadi: ishlab chiqarish jarayonini qanchalik nazorati kuchliroq bo‘lsa, turistik mahsulot va xizmatlar ishlab chiqishga tegishli boshqa sohalarda shunchalik yanada yaxshilash muhimdir.
Firmalarning texnologik va boshqaruv jarayonlarini yaxshilash bo‘yicha tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ularning muvaffaqiyati ma’lum chora-tadbirlarga asoslangan bo‘lishi mumkin:
  1. aniq harajatlarni bilish. Uni, odatda, faqatgina firma faoliyatini umumiy baholash natijasidagina olish mumkin. Masalan, ekspluatatsiya harajatlari muhimligi shuncha ochiladiki, umumiy kalkulyatsiya o‘z ichiga turli jarima sanksiyalari bo‘yicha to‘lovlar va mavsumlar orasidagi yo‘qotishlarni oladi:


  2. yanada ko‘proq va’da beruvchi menejerlarni saralash va ularni oliy rahbariyat darajasida qo‘llab-quvvatlash;


  3. xodimlarni mos ravishdagi ko‘nikmalar bilan muvaffaqiyatli rahbarlik qilish uchun zarur bo‘lgan asosiy harakatlarni aniqlash;


  4. korporativ qarorlarni ishlab chiqish maqsadida turli turistik bo‘limlarni boshqaruvchi kishilar o‘rtasidagi munosabatni rag‘batlantirish.


Turbiznes xalqaro aspektlarga ham ega. Jahon iqtisodiyotini tezda rivojlanishi xalqaro bozorda foydani oshirishga yoki hatto chet elda o‘z vakilligini ochish uchun ham imkoniyatlarni qidirib topishga da’vat qiladi. Hayot bilan hamnafas bo‘lish uchun menejerlar ixtirochi va oldindan ko‘rish qobiliyati bilan ajralib turishi kerak. Ular o‘zlariga quyidagi savollarni berishi talab etiladi:


  1. men qayerda sotishim kerak? (Ba’zida bunga javob ko‘ringanidan tabiiyroq tuyuladi). Turfirmalarni kattagina qismi turni oddiy paketlaydi, bu esa tannarxini tushiradi va chet el tur operatorlari bilan raqobat qilishga imkoniyat yaratadi;


  2. texnologik yaxshilash imkoniyatini qayerda izlash kerak? (Masalan, ba’zi kompaniyalar chet elda o‘z vakolatlari tarmoqlarini rivojlantiradi, natijada turistik xizmatlar bozorini o‘zgarishni kuzatib boradi va bozor uchun muvaffaqiyatli kurashishiga yordam beradi);


  3. yangi turistik mahsulotni qayerda rivojlantirish mumkin? (Turkiyada ko‘pgina turistik mehmonxonalar va firmalar ishchi kuchi narxi anchagina past bo‘lgan chet eldan (ya’ni, Rossiyadan) o‘z turlarini siljitish va rivojlantirish uchun xodimlarni tanlab oladi).


Ko‘pgina ishlab chiqaruvchilarda jahon taraqqiyotidan foydalanib, xizmatlarni ishlab chiqish va sotishni modernizatsiyalash imkoniyatlari mavjud. Vaqt o‘tishi bilan, albatta, raqobat yanadja kuchayadi, qiymat to‘sig‘i pasayadi. Turli firmalarda yondashuvlar o‘z samarasi bo‘yicha farq qiladi.





Download 414,67 Kb.
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   89




Download 414,67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Turizmda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish

Download 414,67 Kb.