|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalqaro turizm va turizm servisi kafedrasi Usmanova Z. I. Turizm marketingi
|
bet | 78/89 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 414,67 Kb. | | #133091 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s-fayllar.orgXabardorlikni yaratish deganda, turfirma mahsulotini hamda firma o‘zini tanimaydigan auditoriyaga nisbatan kommunikatsiya yo‘llarini yo‘naltirish maqsadi sifatida belgilaydi. Bu maqsadga binoan auditoriyaga taklif etadigan firmaning nom iva uning mahsulotlari tanishtirildi. Agar maqsadli auditoriya firmaning nomini va uning ayrim mahsulotlarini tanigan bo‘lsa, bunda kommunikatsiya yo‘llari sifatida zaruriy ma’lumotlarni berish ilgari suriladi. Bu maqsadli auditoriyaning turistik firma to‘g‘risida o‘z bilimlarini kengaytirish imkonini beradi. Masalan, kommunikatsiya yo‘llarining harakati orqali firma joylashuvi, uning filiallari, taklif etadigan xizmatlar to‘g‘risida maqsadli auditoriya xabardor qilinishi mumkin. Bunday bilimlarga ega bo‘lgan maqsadli auditoriyaga nisbatan turistik korxona va (yoki) alohida mahsulotning ijobiy obro‘-e’tiborini yartishga qaratilgan kommunikatsiya yo‘llarining maqsadi shakllanishi mumkin. Obro‘ –e’tibor – bu maqsadli auditoriyaning aniq turistik korxona va (yoki) mahsulotga nisbatan bor bo‘lgan ongli yoki ongsiz taassurotlari obrazlari. Ijobiy obro‘-e’tibor bozorda raqobatbardoshlikni oshiradi. U iste’molchi va sheriklarni jalb qiladi, sotuvchilarni tezlashtiradi va hajmini oshiradi, resurslarga (moliyaviy, axborot, insoniy, moddiy) yondashuvni va tijorat operatsiyalarni yuritishni yengillashtiradi.
Obro‘-e’tibor ayrim maqsadli auditoriyalar uchun har xil bo‘lishi mumkin, chunki ularning turistik korxonaga nisbatan harakatlari farqlanishi mumkin. Masalan, keng jamoa uchun firmaning fuqarolik o‘rni, sheriklar uchun esa, korxonaning yuqori fikrlari va me’yorlari. Korporativ alohidalik bu firma o‘zi haqiqatda nima, shaxsga o‘xshashligi, insonning yakkaligi kabi tushunchalardir.
Korporativ bir xillik – bu korxonaning o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumoti. Firma nima gapiradi, qiladi va yaratadi. Bu uning mahsulotlari va xizmatlari, ochiq va yashirin aloqa yo‘llari, kompaniya siyosati, xodimlarning harakatlari. Korporativ bir xillikni boshqarishdan asosiy maqsad – obro‘ –e’tiborni boshqarish va iste’molchilarning xolisligiga erishish.
Obro‘-e’tibor bu faqat boshqarishning vositasi, asbobi emas, balki boshqarishning ob’ekti hamdir. Ijobiy obro‘-e’tibor korxonaning asosiy faoliyati bilan hamda maqsadli auditoriyaga yo‘naltirilgan maqsadga muvofiqlashtirilgan axborot yetkazish ishi bilan yaratiladi. Bu ish asosan marketing kommunikatsiya yo‘llari (reklama, targ‘ibot, shaxsiy savdo sotuvini rag‘batlantirish, ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish, firma didi) orqali amalga oshiriladi.
Obro‘-e’tiborni shakllantirish – iste’molchilar uchun tijorat jihatidan muhim bo‘lgan haqiqiy afzalliklarni hamda iste’molchilar uchun muhim bo‘lgan mutaxassislar tomonidan kiritilgan afzalliklarni bir-biriga muvofiqlashtirishdan iborat. (13.2. chizma).
Firma afzalliklari
Haqiqatda amal
qilayotgan kiritilgan
firmaning haqiqiy Firma
tavsiflari kamchiliklari
firmaning shakllangan kommunikatsiya
yo‘llarning obro‘-e’tibori
iste’molchilarda firmaning
obro‘-e’tibori
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalqaro turizm va turizm servisi kafedrasi Usmanova Z. I. Turizm marketingi
|