O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalqaro turizm va turizm servisi kafedrasi Usmanova Z. I. Turizm marketingi




Download 414,67 Kb.
bet84/89
Sana09.01.2024
Hajmi414,67 Kb.
#133091
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s-fayllar.org

13.4. O‘zbekiston turizm bozori.
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda turizmni rivojlantirish, turistik mahsulot bozorini shakllantirish, uni boshqarish usullarini qayta ishlab chiqish, eksport potensialini oshirish va eng muhimi, chet El investitsiyalarini jalb qilish uchun metodologik, metodik va amaliy yondashuvlar yuzaga kelmoqda. O‘z ichiga 150 ta xo‘jalik sub’ektlarini kompaniyasi tuzildi. Keyinchalik milliy turizmni rivojlantirishga doir hukumat qarorlari qabul qilina boshlandi. Turizmni tartibga soluvchi yagona markaziy tashkil qilish haqidagi qarorga ekspertlar ijobiy baho berishdi. Turkiya, Isroilning ijobiy tajribasi o‘rganilmoqda. JTTning metodik tavsiyalarini inobatga olgan holda O‘zbekistonning milliy turistik modelini yaratish haqidagi takliflar o‘rtaga tashlandi. Milliy kompaniya «Buyuk ipak yo‘li» umumbashariy loyihasi asosida xalqaro turizm, xizmatlar va savdo sohalari, kadrlar tayyorlash va yangi ish joylarini yaratish, xususiylashtirish dasturini birlamchi yo‘nalish deb belgiladi. Turistik ob’ektlar davlat tasarrufidan chiqarilib, ularning xo‘jalik va mulkchilik shakllari o‘zgaradi. Binobarin, 1992 yilda turizm tizimida iqtisodiy islohatlarning birinchi bosqichi boshlandi. Ikkinchi bosqich esa, o‘z ichiga 1993-1995 yillarni olgan edi. Bu davr ichida turizm rivojlanishining milliy modeli ishlab chiqildi. Ayni paytda turistik xizmat ko‘rsatish sohasining iqtisodiy o‘sishi bilan bir qatorda, yangi turistik marshrutlar ishlab chiqish, xizmat madaniyatini yaxshilash, turizmning moddiy – texnik bazasini kengaytirish bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi. Prezidentimizning «Buyuk ipak yo‘lini tiklashda va xalqaro turizmni rivojlantirishda O‘zbekiston Respublikasining ishtirokinii faollashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishi va Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida xalqaro turizmning zamonaviy infratuzilmalarini tuzish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori tarixiy ahamiyatga egadir. 1995 yilning 1 iyunida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida yagona turistik viza o‘rnatiladi. Vazirlar Mahkamasining tarixiy-madaniy merosini, ya’ni yodgorliklar, binolar va san’at asarlarini saqlashga qaratilgan «Meros» dsturining qabul qilinishi turizmni rivojlantirish yo‘lidagi ikkinchi qadamdir. Shu paytning o‘zidayoq Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida erkin iqtisodiy zonalar tuzish haqidagi nizom ishlab chiqildi. «O‘zbekturizm» MK turizm operatorlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar tuzish maqsadida Germaniya (Frankfurt – na - Mayne), Buyuk Britaniya (London), AQSH (Nyu-York), Birlashgan Arab Amirliklari (Sharja), Rossiyada (Moskva) o‘z vakolatxonalarini ochdi. Turizm islohatlarining uchinchi bosqichida – 1995 – 1997 yillar – bu sohada xususiylashtirish ishlari boshlandi. 1996 yilning boshida «O‘zbekturizm» MK tizimidagi turistik ob’ektlarning 90 foizi davlat tasarrufidan chiqarildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston yiliga 2-2,5 mln. sayyohlar va mehmonlarni kutib olish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Buning uchun zaruriy moddiy-texnik baza yaratish, birinchi navbatda, sayohatchilarning bunday oqimini kutib oladigan otellar, kemping, mehmonxonalar va turbazalar qurish lozim. Bu ob’ektlarning faqatgina Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida qurilishi kifoya qilmaydi. O‘zbekistonda turizm uchun qiziqarli bo‘lgan boshqa joylar ham yetarlicha. Lekin u joylarga turistik marshrutlar juda kam tashkil qilingan. Bunga sabab o‘sha mintaqalarda turizm xizmatining tashkil qilinmaganligidir. Shuning uchun respublikamizning ko‘plab viloyatlari turistik sohadan chetda qolayapti. O‘zbekistonda turmahsulot rivojlanishi dasturidan aeroportlarni, temir yo‘l vokzallarini, avtobus bekatlarini qayta qurish, zamonaviy telekommunikatsiya vositalarini yaratish masalalari o‘rin olgan.


Deyarli har bir mamlakat turizm sohasining milliy iqtisoddagi o‘rnini kuchaytirishga intiladi. Bu maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun huquqiy va iqtisodiy baza yaratiladi, kadrlar tayyorlanadi, viza olish tartibi yengillashtiriladi, turistik mahsulot va an’anaviy tovarlar ishlab chiqarilishiga rag‘bat oshiriladi. Va ayni vaqtda, jahon tajribasining ko‘rsatishicha, ko‘p mamlakatlar shu sohani shakllantirishda, boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqishda ancha qiyinchiliklarni boshdan kechiradilar. Bunday holat O‘zbekiston uchun ham xosdir. Sohani rivojlantirish uchun tashlanayotgan ilk qadamlar, shubhasiz, ko‘zlangan muddaoni beradi, deb o‘ylaymiz. Va mamlakatimiz kelajakda an’anaviy turistik oqimlar generatori bo‘lgan AQSH, Yaponiya, Germaniya, Italiya, Xitoy, Fransiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Rossiya kabi davtlar safidan joy oladi.



Download 414,67 Kb.
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89




Download 414,67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalqaro turizm va turizm servisi kafedrasi Usmanova Z. I. Turizm marketingi

Download 414,67 Kb.