69
C++ dasturlash tilida ma‘lumotlarni kiritish operatorining umumiy ko‗rinishi
quyidagicha:
cin>>o„zgaruvchi1>>o„zgaruvchi2;
Qiymati kiritiladigan o‗zgaruvchilar bu operatordan
keyin bir-birlaridan
―>>‖ belgilari bilan ajratilgan holda yoziladi. Masalan:
cin >> a >>b>>c; buyrug‗i
dastur ijrosi davomida a, b va c o‗zgaruvchi parametrlarning
qiymatlari kiritilishi
kerakligini bildiradi va kompyuter ushbu buyruqni uchratgach dastur bajarilishini
to‗xtatib, o‗zgaruvchilar qiymatlari kiritilishini kutadi. Shundan so‗ng
o‗zgaruvchilarning qiymatlari bir-birlaridan probel bilan ajratilgan holda 5 -4 12
kabi klaviaturadan terilib, ENTER tugmachasi bosilsa, nooshkor holda a=5; b=-4;
c=12 kabi qiymat berish buyruqlari bajariladi. Bunda quyidagilarga alohida e‘tibor
berish kerak:
- o‗zgaruvchilar kiritayotgan qiymatlarni kiritish tartibidagi nomeri bo‗yicha
qabul qiladi, ya‘ni cin operatoridagi
n- o‗zgaruvchi kiritilgan
n- qiymatni oladi;
- kiritilayotgan qiymatlar o‗zgaruvchi uchun e‘lon
qilingan turga mos
kelishi shart, aks holda xatolik sodir bo‗ladi;
- cin operatori dasturning istalgan joyida bo‗lishi mumkin. Ammo bu
operator tarkibidagi o‗zgaruvchilardanfoydalanilgan
buyruqlardan oldin uchrashi
kerak, aks holda dastur ijro etilayotganda buyruqlardagi o‗zgaruvchilarning
qiymatlari ma‘lum bo‗lmay qoladi.
Misol: C++ dasturlash tilida bir va ikkitadan ortiq o‗zgaruvchilarni
kiritishni tasvirlash.
#include
int main ()
{ int a,b,c; // a,b va c o‗zgaruvchilarni e‘lon qilish
cin>>a; // a ni kritish
cin>>b>>c; // b va c larni kritish
return 0;
}