66
return 0;
}
Qiymat berish operatori biror o‗zgaruvchiga qiymat ta‘minlangandan so‗ng
uning boshlang‘ich qiymati o‘chirilib yangi qiymati o‗zlashtiriladi.
Qiymat berish operatoriningni kengaytirilgan holatlari
Qiymat berish jarayoni bajarilish holatida ba‘zi amallarni avtomatik bajarish
holatlari ham mavjud, ular quyidagicha.
Amallar
Izoh
y=x++
y ga x ni qiymati ta‟minlanib keyin x ni qiymati
1 ga oshadi
y=++x
x ni qiymati 1 ga oshirilib keyin y ga ta‟minladi
y=x--
y ga x ni qiymati ta‟minlanib keyin x ni qiymati
1 ga kamayadi
y=--x;
x ni qiymati 1 ga kamaytirilib keyin y ga
ta‟minladi
y+=a;
y ga a ni qiymati qushilib natija y ga yoziladi
y-=a;
y dan a ni ayirib natija y ga yoziladi
y*=a;
y ga a ni qiymati ko„paytirilib natija y ga
yoziladi
y/=a;
y ga a ni qiymati bo„linib natija y ga yoziladi
y%=a;
y ga a ni qiymati bo„linib qoldiq y ga yoziladi
Oldingi mavzudagi dasturda
x++ buyrug‗i o‗rnida
++x buyrug‗idan,
y--
buyrug‗i o‗rnida
--y buyrug‗idan foydalanish mumkin.
Chunki bu buyruqlar
o‗zgaruvchining qiymatini 1ga oshirish yoki kamaytirish ma‘nosida teng kuchli.
Ammo qiymat berish buyrug‗ida inkrement va dekrement amallaridan
foydalanishga to‗g‗ri kelsa,―++‖, ―--―belgilarning o‗zgaruvchi
oldidan yoki
orqasidan qo‗yishning farqi bor. Quyida qiymat berish buyrug‗ining quyidagi
qo‗shimcha korinishlari bilan tanishamiz: