70
C++ dasturlash tilida ma‘lumotlarni
chiqarish operatori cout kalit so‗zi
yordamida tasvirlanadi. O‗zgaruvchilar ikki va undan ortiq bo‗lsa, u holda
<< belgi
orqali o‗zgaruvchilar bir-biridan ajratilib yoziladi.
C++ dasturlash tilida ma‘lumotlarni chiqarish operatorining umumiy
ko‗rinishi quyidagicha:
cout<
Qiymati chiqarilayotgan o‗zgaruvchilar cout operatoridan keyin bir-
birlaridan “<<” belglar bilan ajratilgan holda cout <; kabi sanab
ko‗rsatiladi. Bunda quyidagi holatlarga e‘tibor berish lozim:
- yuqorida qayd etilganidek cout operatorida (―‖) ichiga olib yozilgan matn
(satr) qayta ishlanmasdan qanday yozilgan bo‗lsa, shundayligicha chop etiladi. Bu
holat natijalarini chiqarishda tushuntirish matnlaridan foydalanish imkoniyatini
beradi;
- „\t‟ – tabulyatsiya belgilari bo‗lib, o‗zgaruvchilar va o‗zgarmaslarning
qiymatlari oralig‗ida 7 ta bo‗sh joy qoldirib chop etish maqsadida foydalaniladi;
- „\n‟ – belgilaridan foydalanilganda undan keyin chop etilayotgan
ma‘lumotlar alohida satrdan chop etiladi. Lekin qo‗shtirnoq ichida bu belgilardan
foydalanishda apostrof (tutuq belgisi) qo‗yilmaydi;
- cout operatorida qiymatlari aniqlangan o‗zgaruvchili ifodalar yozilgan
bo‗lsa, ularning qiymatlari hisoblanib, natijasi chop etiladi. Shuningdek, son ham
o‗zgarishsiz chop etiladi;
- probel (bo‗sh joy) yoki tabulyatsiyalardan foydalanilmasa, bir nechta
sonlar ketma-ket yozilib bitta son kabi chop etiladi. Yuqoridagi holatlarni quyidagi
dastur misolida namoyish qilamiz.
Misol: C++ dasturlash tilida a ni qiymatini 2 ga oshirib natijani chiqaring.
#include
int main ()
{ int a=14; // a o‗zgaruvchini e‘lon qilish
a=+2; // a ni qiymati ikkiga oshdi
cout<return 0;
}