65
III- BOB. C++ TILIDA CHIZIQLI, TARMOQLANUVCHI VA
TAKRORLANUVCHI JARAYONLARNI DASTURLASH.
3.1 C++ TILIDA QIYMAT BERISH, KIRITISH VA CHIQARISH
OPERATORLARI
Reja:
1. C++ tilida qiymat berish operatori;
2. Qiymat berish operatoriningni kengaytirilgan holatlari;
3. Kiritish operatori;
4. Chiqarish operatori.
Qiymat berish operatori
Berilgan ifodaning natijasi hisoblangandan so‗ng ifodaning natijasi biror bir
o‗zgaruvchiga ta‘minlanadi. Natijani saqlaydigan o‗zgaruvchi
kompyuter
xotirasidan joy egallaydi.
Tarif: Ifodaning natijasi biror bir o‗zgaruvchiga ta‘minlansa yoki
o‗zlashtirilishiga qiymat berish jarayoni deyiladi.
Qiymat
berish amallari guruhi, xususan, qiymat
berish operatorlari ifoda
operatorlari hisoblanadi. Qiymat berish operatori har
doim ham ifoda natijasini
o‗zida saqlash emas ba‘zi hollarda funksiya parametrlari va sanagich qiymatlarini
hisoblash uchun ham ishlatiladi.
Qiymat berish operatorining umumiy ko‗rinishi quyidagicha.
=;
Qiymat berish operatorining C++dasturlash tilida quyidagicha ifodalanadi.
#include
int main ()
{ int a=10; int b=6; // a va b larni e‘lon qilish
a=a+b; // a ga a+b ni qiymati ta‘minlandi
b=a-b; // b ga a-b ni qiymati ta‘minlandi
return 0;
}