3.6 C++ DASTURLASH TILIDA SHARTLI TAKRORLANUVCHI




Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/173
Sana16.05.2024
Hajmi2,67 Mb.
#238775
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   173
Bog'liq
Tarixi 37 bet

 


110 
3.6 C++ DASTURLASH TILIDA SHARTLI TAKRORLANUVCHI 
JARAYONLAR DASTURLASH 
Reja: 
 
1. while operatori va uning umumiy ko‗rinishi; 
2. do while operatori va uning umumiy ko‗rinishi. 
3. Ichma-ich joylashgan sikllar 
Bazi bir masalalarni yechish algoritmlari tarkibida takrororlanishlar 
qandaydir shartlarga asosan bajariladi. Har bir takrorlanish jarayoni bajarilish 
qadamida shart tekshirilib o‗tib borilaveradi, qachonki shart yolg‘on bo‗lgandagina 
takrorlanish jarayoni to‗xtatiladi. Masalan yig‘indisi n ga teng bo‗lgan natural 
sonlar sonini topish yoki umumiy hadi n dan kichik bo‗lgan cheksiz kamayuvchi 
geometrik progressiyani hadini topish kabi masalalarda shartli takrorlanuvchi 
operatorlardan foydalaniladi. Agar algoritm tarkibidagi bir necha marta 
takrorlanishi kerak bo‗lgan buyruqlarni takrorlanuvchi jarayonlar asosida 
dasturlash 
tillarida 
tasvirlanmasa, 
bu 
buyruqlarni 
barchasini 
bajarish 
murakkablashadi. 
Shartli takrorlanuvchi algoritmlarni shartli takrorlanuvchi jarayonlar ham 
deb ataymiz. 
Tarif: Agar takrorlanishlar soni ma‘lum bir shartlar asosida aniqlansa, 
bunday jarayonlar shartli takrorlanuvchi jarayonlar deyiladi. 
Shartsiz o‗tish operatori va tarmoqlanuvchi operatorlar yordamida ham 
shartli takrorlanuvchi jarayonlarni dasturlash imkoniyati mavjud. Lekin bunday 
holatlarda bitta amalni bajarish uchun bir nechta operatorlarni ishlatish kerak 
bo‗ladi. Shartli takrorlanuvchi operatorlar bajarilish holatlariga qarab turlarga 
ajratiladi. Shartli takrorlanuvchi operatorlar quyidagi turlari mavjud: 
-Shart oldi takrorlanuvchi operatorlar; 
- Shart keyin takrorlanuvchi operatorlar. 
Yuqorida keltirilgan operatorlar takrorlanish holatiga qarab bajariladi. Shart 
oldi va shart keyin takrorlanuvchi algoritmlar C++ dasturlash tilida quyidagi 
operatorlar yordamida dasturlanadi. 

Download 2,67 Mb.
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   173




Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  3.6 C++ DASTURLASH TILIDA SHARTLI TAKRORLANUVCHI

Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish