• Kirish
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti “ Chorvachilik va o




    Download 1.58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/56
    Sana04.12.2022
    Hajmi1.58 Mb.
    #33115
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
    Bog'liq
    Samarqand veterinariya meditsinasi instituti
    Yarmarka reja, 6-dars, MAT.ANALIZ, BIRKA, 123, 63f5e94445384 25.11.2022-тўплам, metody-izvlecheniya-terminologicheskih-edinits-iz-korpusa-sopostavimyh-tekstov (2), Taqdimot, ЭКОСЕПТИК, Shablon, nazorat savollari 6 SINF (2), informatika 5-sinf 34 soat to\'garak, 1. O‘rgatuvchi dasturlar o‘quvchilarning bilim darajasi va qiziq, primenenie-geneticheskih-algoritmov-pri-optimizatsii-nelineynyh-funktsiy
    5. Nurmatov Sh.Sh. - Chovachilik va o‘simlik mahsulotlarini saqlash, qayta
    ishlash texnologiyasi kafedrasi assistenti 
     

     
     
    Taqrizchilar: 
    1. Normaxmatov R. – SamISI professori, texnika fanlari doktori
    2. Yusupov A.H. - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti dotsenti 
    Mazkur uslubiy ko‘rsatma Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Ilmiy 
    kengashining 2019 yil “__” _______ __ sonli yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan va chop 
    etishuchun tavsiya etilgan. 



    Kirish 
     
    Inson iste’mol qilgan taomlari hisobidan o‘nadi, o‘sadi va ijtimoiy faoliyat 
    ko‘rsatadi. Uning sog‘lig‘i va umri iste’mol qilinadigan taom va boshqa mahsulotlar 
    sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham ularning sifatiga katta ahamiyat 
    beriladi. Barcha rivojlangan mamlakatlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mahsulot, 
    shu 
    jumladan 
    oziq-ovqat 
    mahsulotlari, 
    sifati 
    faqat 
    standartlashtirish, 
    sertifikatlashtirish va uni boshqarish faoliyatini o‘zluksiz o‘tkazish orqali 
    ta’minlanadi. Mahsulot sifatini ta’minlashga uning sifat va gigienik ko‘rsatkichlarini 
    me’yorlashtirish va ma’lum bir miqdorlarda chegaralash orqali erishiladi. 
    Bugungi kunda dunyo mamlakatlari halqlari o‘zaro hamkorliksiz yashashlari 
    qiyin, chunki bir mamlakat o‘zida etishmaydigan mahsulotlarni boshqalaridan olsa, 
    boshqalari esa o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning oshiqcha qismini boshqa 
    mamlakatlarga sotadi. Bundan tashqari bir mamlakatda erishilgan fan, texnika va 
    ilg‘or tajriba yutuqlaridan dunyoning barcha mamlakatlari ham manfaatdor bo‘ladi. 
    Demak, dunyo mamlakatlari o‘rtasida xalqaro savdo-sotiq ishlari, ilmiy texnikaviy 
    hamkorlik mavjud bo‘ladi va bundan keyin ham davom etadi. Mamlakatlar 
    hamkorligida xalqaro bozorga chiqariladigan mahsulot va xizmatning sifati o‘ta 
    katta ahamiyatga ega, chunki xalqaro bozor raqobatida faqat yuqori sifatli va narxi 
    nisbatan past mahsulot yutib chiqadi. 
    Ichki bozorda va mamlakatlar o‘rtasida savdo-sotiq ishlarini amalga 
    oshirishda hamda ilmiy-texnikaviy hamkorlik qilishda mahsulot yoki xizmatning 
    sifati bilan bog‘liq texnikaviy to‘siqlar va muammolar kelib chiqishi mumkin. 
    Mahsulot sifati bilan bog‘liq texnikaviy to‘siqlar va muammolar uning sifat va 
    gigienik ko‘rsatkichlarini xalqaro, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning 
    standartlari va bugungi kundagi ichki va tashqi bozor talablari bilan 
    uyg‘unlashtirilgan standartlar hamda mahsulot sifati bilan bog‘liq boshqa me’yoriy 
    hujjatlarni amalga kiritish orqali bartaraf qilinadi. 
    Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish iqtisodiy 
    rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shilishga intilayotgan hamda xom ashyo bazasidan 
    tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan mamlakatga aylanishga harakat qilayotgan 
    O‘zbekiston Respublikasi uchun katta ahamiyatga ega. Uning jahon bozorida va 
    iqtisodiy hamkorlikda o‘ziga loyiq joyni egallashi uchun barcha sharoitlari 
    (resurslari, qulay iqlim sharoiti va moddiy-texnikaviy bazasi) mavjud. 

    Download 1.58 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




    Download 1.58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti “ Chorvachilik va o

    Download 1.58 Mb.
    Pdf ko'rish