• Standartlashtirishning asosiy vazifalari
  • Standartlashtirishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat




    Download 1.58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/56
    Sana04.12.2022
    Hajmi1.58 Mb.
    #33115
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
    Bog'liq
    Samarqand veterinariya meditsinasi instituti
    Yarmarka reja, 6-dars, MAT.ANALIZ, BIRKA, 123, 63f5e94445384 25.11.2022-тўплам, metody-izvlecheniya-terminologicheskih-edinits-iz-korpusa-sopostavimyh-tekstov (2), Taqdimot, ЭКОСЕПТИК, Shablon, nazorat savollari 6 SINF (2), informatika 5-sinf 34 soat to\'garak, 1. O‘rgatuvchi dasturlar o‘quvchilarning bilim darajasi va qiziq, primenenie-geneticheskih-algoritmov-pri-optimizatsii-nelineynyh-funktsiy
    Standartlashtirishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: 

    mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning (keyingi o‘rinlarida mahsulotlar deb 
    yuritiladi) aholining hayoti, salomatligi va mol-mulki, atrof-muhit uchun 
    xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida iste’molchilarning va davlatning 
    manfaatlarini himoya qilish; 

    mahsulotlarning o‘zaro bir-birining o‘rnini bosishi va bir-biriga monandligini 
    ta’minlash; 

    fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek, aholi va xalq xo‘jaligining 
    ehtiyojlariga muvofiq mahsulotlarning sifati hamda raqobatbardoshligini 
    oshirish; 

    resurslarning barcha turlarini tejashga, ishlab chiqarishning texnikaviy-iqtisodiy 
    ko‘rsatkichlarini yaxshilashga ko‘maklashish; 

    ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirish; 




    tabiiy va texnogen falokatlar va boshqa favqulotda vaziyatlar yuzaga kelishi, 
    havf-xatarni hisobga olgan holda xalq xo‘jaligi ob’ektlarining xavfsizligini 
    ta’minlash; 

    iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomenklaturasi va sifati 
    to‘g‘risidagi to‘liq va ishonarli axborot bilan ta’minlash; 

    ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, ijro etuvchi) ma’lum qilgan mahsulot sifati 
    to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlarini tasdiqlash. 
    Standartlashtirishning asosiy vazifalari: 

    iste’molchi va davlatning manfaati yo‘lida mahsulotning sifati va nomlariga 
    nisbatan eng maqbul talablarni qo‘yish; 

    davlat, respublika fuqarolari va chetel ehtiyoji uchun tayyorlangan mahsulotga 
    kerakli talablarni belgilovchi me’yoriy hujjatlar tizimini va uni ishlab chiqish 
    qoidalarini yaratish, ishlab chiqish va qo‘llash, shuningdek hujjatlarda unumli 
    foydalanishni nazorat qilish; 

    standart talablarining sanoati rivojlangan chet mamlakatlarning xalqaro, 
    mintaqaviy va milliy standartlari talablari bilan uyg‘unlashuvini ta’minlash; 

    bir-biriga mosliligining barcha (konstruktiv, elektrik, elektromagnitli
    informatsion, dasturli va boshqalar) turlarini, shuningdek mahsulotning o‘zaro 
    almashuvchanligini ta’minlash; 

    parametrik va turlar o‘lchovi qatorlarini, tayanch konstruksiyalarni, 
    buyumlarning konstruktiv jihatdan bir xil qilingan modullashgan bloki tarkibiy 
    qismlarini aniqlash va qo‘llash asosida birxillashtirish; 

    mahsulot, uning tarkibiy qismlari, buyumlari, xomashyo va materiallar 
    ko‘rsatkichlari va tavsiflarining kelishib olinishi va bog‘lanishi; 

    material va energiya sig‘imini kamaytirish, kam chiqindi chiqaruvchi 
    texnologiyalarni qo‘llash; 

    metrologik me’yor, qoida, nizom va talablarning belgilanishi; 

    standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tajribadan foydalanishni keng avj oldirish, 
    mamlakatning xalqaro va mintaqaviy standartlashtirishda ishtirok etishini 
    kuchaytirish; 

    Download 1.58 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




    Download 1.58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Standartlashtirishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat

    Download 1.58 Mb.
    Pdf ko'rish