• O’zbekistonda ishsizlik o’sishining asosiy sababi
  • Oʻzbekistonda ishsizlik darajasi 8,4 foizni tashkil etadi.(2023)
  • O’zbekistonda ishsizlikning paydo bo’lishi




    Download 1,54 Mb.
    bet6/9
    Sana17.12.2023
    Hajmi1,54 Mb.
    #121387
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Daler-Mehnat-02
    2 amaliy mashg’ulot Juft va ko’p omilli korrelyasion regression, 2-topshiriq. Mehnat iqtisodiyoti, mil2, Dalar-Mehnat-01

    O’zbekistonda ishsizlikning paydo bo’lishi

    O’zbekistonda ishsizlikning paydo bo’lishi va o’sish tarixi aynan Keyns qarashlarining to’g’riligini isbotlaydi. Ishsizlar rasmiy ro’yxatga olingandan boshlab, ishsizlik darajasi ma’lum darajada muntazam ortib boradi, ishga joylashtirish qanchalik yuqori bo’lsa, ishsizlik darajasi shunchalik past bo’ladi.

    Bu hodisalarni faqat statistik xatoliklar va ishsizlik maqomini berish shartlarining murakkablashuvi bilan izohlab bo’lmaydi. Ko’rinishidan yaxshi bo’lgan iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlaridan ish bilan bandlikning kamayishini ikkita sabab bilan izohlash mumkin.

    Birinchidan, yashirin ishsizlikning yuqori darajasi saqlanganligi, u o’z potentsialini hatto ayrim barqarorlik sharoitlarida ham ochiq bozorga chiqarib turadi.

    Ikkinchidan, yashirin ish bilan bandlikning ko’payishi, u ishchi kuchi va ishsizlarning sezilarli qismini ochiq ishchi kuchi bozoridan tortib turadi.

    O’zbekistonda ishsizlik o’sishining asosiy sababi

    O’zbekistonda ishsizlik o’sishining asosiy sababi – eng avvalo ishlab chiqarishning qisqarishidir. Iqtisodiy o’sish dinamikasi bilan ishsizlik o’rtasidagi aloqa uzviy bog’liq ko’rsatkichlardir

    G’arb mamlakatlari iqtisodchilari iqtisodiy o’sish sur’atlarini ishchi kuchi resurslarining ish bilan bandligining o’sish sur’atlari bilan, tanazzulni esa ishsizlik darajasining o’sishi bilan bog’laydilar. Haqiqatdan ham, industrial turdagi me’yorida faoliyat ko’rsatayotgan bozor iqtisodiyotida iqtisodiy o’sish doimo tarmoqlarning rivojlanishi va kengayishini, demak, ish bilan bandlikning ortishini anglatadi.

    Oʻzbekistonda ishsizlik darajasi 8,4 foizni tashkil etadi.(2023)

    Oʻtgan yili bu koʻrsatkich 8,9 foiz boʻlgan. Qoʻshni Qozogʻistonda bu koʻrsatkich 4,8 foizdir. 

    XVF prognoziga koʻra, Oʻzbekistonda ishsizlik 2028 yilga borib, 5,9 foizgacha tushishi mumkin. 

    Tailand 2023 yil uchun maʼlumotlarga koʻra (1,2%) 100 dan ortiq mamlakatlar orasida eng past ishsizlikka ega. Ishsizlikning past darajasi (3 foizdan past) Osiyoning boshqa bir qator yirik iqtisodiyotlarida – Yaponiya, Janubiy Koreya, Vetnamda ham kutilmoqda. Yevropa davlatlari orasida eng past ishsizlik darajasi Shveysariya, Chexiya va Andorrada (3 foizdan kam). Yevro hududida ishsizlik oʻrtacha daraja 6,6% ni tashkil qiladi, tarqalishi esa Germaniyada 3,3% dan Ispaniyada 11,8% gacha. 


    Download 1,54 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 1,54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekistonda ishsizlikning paydo bo’lishi

    Download 1,54 Mb.