• O‘zbekistonda ishsizlik muammosining ayrim xususiyatlari
  • O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta`lim vazirligi Sharof Rashidov nomidagi




    Download 1,54 Mb.
    bet4/9
    Sana17.12.2023
    Hajmi1,54 Mb.
    #121387
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Daler-Mehnat-02
    2 amaliy mashg’ulot Juft va ko’p omilli korrelyasion regression, 2-topshiriq. Mehnat iqtisodiyoti, mil2, Dalar-Mehnat-01

    DAVRIY (TSIKLIK) ISHSIZLIK

    Davriy (tsiklik) ishsizlik – ishlab chiqarish hajmining pasayishi natijasida ishchi kuchiga bo’lgan talabning kamayishi oqibatidagi ishsizlikdir. Sobiq ittifoq davrida xalq xo’jaligi tarmoqlari o’rtasidagi nomutanosiblikning kuchayishi oqibatida iqtisodiy aloqalarning uzilishi ishlab chiqarish hajmining keskin pasayishiga olib keldi. O’zbekistonda ham bozor tuzilmasining yaratilmaganligi, xom ashyoni qayta ishlash sanoatining past rivojlanganligi, tadbirkorlik faoliyati uchun sharoitlar to’liq yaratilmaganligi va boshqalar sababli ishsizlar soni ko’paydi. Rivojlangan mamlakatlardagi ishlab chiqarishning pasayishi iste’mol bozorining to’yinishi va natijada talabning pasayishi bilan bog’liqdir. Davriy ishsizlikda ishsizlar soni keskin ko’payadi. Masalan, aqshda 1933 yildagi “buyuk depressiya” davrida ishsizlik taxminan 25,0 %ga teng bo’lgan edi.

    Iqtisodiyotda birinchilar qatorida rivojlanayotgan, yangi ish o’rinlariga va katta investitsiyalarga ega bo’lgan, ishlab chiqarish hajmlarini oshirib borayotgan tarmoqlar chiqadi. Iqtisodiyotning tarkibiy qayta qurilayotganligi sababli hozirgi paytda katta miqyosda bo’lmasada, ishsizlikning yangi turlari namoyon bo’lmoqda.

    O‘zbekistonda ishsizlik muammosining ayrim xususiyatlari


    Bugungi kunda respublikada ishsizlikning paydo bo‘lish sabablariga ko‘ra, quyidagi asosiy turlari ko‘p uchramoqda:
    Tarkibiy ishsizlik- iqtisodiyotning yangi tarmoqlari paydo bo‘lishi yoki eskisiga barham berilishi va mulkchilik shakllarining o‘zgarishi bilan yuzaga keladi;
    Yashirin ishsizlik - bu asosan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tarmoqlari uchun xarakterlidir va bu haqiqiy ishchi kuchini kamroq miqdorda talab qiladi. Yashirin ishsizlik ishlab chiqarishning chuqur inqirozi sharoitida korxonalarda ish bilan ortiqcha bandlikning saqlanib qolganligidan dalolat beradi;
    Mavsumiy ishsizlik- ma’lum mavsumda ish bilan bandlikni ta’minlovchi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni qayta ishlash hamda tayyorlash muddati bilan asoslangan. Mavsumiy ishsizlikning hajmi ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifning mavsumiy omillari baravar ta’sir qilishi sifatida namoyan bo‘ladi;

    Download 1,54 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 1,54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta`lim vazirligi Sharof Rashidov nomidagi

    Download 1,54 Mb.