Namangan davlat universiteti Jahon tillari fakulteti Ijtimoiy




Download 15 Kb.
Sana19.04.2024
Hajmi15 Kb.
#201310
Bog'liq
taqriz ochiq dars
Игамбердиева Мунаввар Тухтаевна, Aziziddin Nasafiy asarlarida shaxs, ma’naviy, axloqiy tarbiyasi va xozirgi glaballashuv jarayonidagi ma’naviy uyg‘unlik sifati, ish reja materialshunoslik., Elektronika Nawrizimbet, Мавлиди шариф, Sayrlarda jarohatlanish sabablari va ularning turlari, Ozbekiston Respublikasi taraqqiyot strategiyasi (1) (1), Mavzu Ozbekiston Respublikasi taraqqiyot strategiyasi., article hr, 35302-Axborot matnlar bilan ishlash va media madaniyati, avtomatlashtirilgan axborot tizimi tasniflanishi, Axborot haqida tushuncha, uning turlari, xususiyatlari-fayllar.org, Algebra va sonlsr nazaryasi masalalar, 1-kurs, chizma geometriya fanidan oraliq nazorat uchun topshiriq, Reference-303201101372

Namangan davlat universiteti
Jahon tillari fakulteti Ijtimoiy-
gumanitar yo’nalishlar bo’yicha
chet tillar kafedrasi katta
o‘qituvchisi N.Karimovaning
“Feste. Die Ordinalzahlen”
mavzusida 2022-yil 31-mart kuni
o‘tkazgan ochiq darsiga


T A Q R I Z

Oliy Ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini yaxshilash, o‘quv jarayonini zamonaviy bilimlar bilan to‘ldirish zamon talabi bo‘lib qolmoqda. Oliy Ta’lim Vazirligining qarori ta’lim sifatiga e’tiborni yuksakligidan dalolat beradi. Bu jarayon fanlarni usluban va mazmunan boyitish uchun salmoqli hissa qo‘shadi. Bu borada NamDU Ijtimoiy- gumanitar yo’nalishlar bo’yicha chet tillar kafedrasida tashkil etilayotgan ochiq darslar muhim ahamiyatga egadir.


Ijtimoiy- gumanitar yo’nalishlar bo’yicha chet tillar kafedrasi o‘qituvchisi N.Karimova tomonidan Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo‘nalishi 202-guruhida “Xorijiy (nemis) til” fani bo‘yicha o‘tkazilgan “Feste. Die Ordinalzahlen” mavzusidagi ochiq dars o‘zining, dolzarbliligi, qiziqarliligi, shuningdek talabalarning og‘zaki nutqini rivojlantirishga qaratilganligi bilan ajralib turdi. Mavzuni muammoli masalalar bilan boyitish, dars jarayonida ta’limning ilg‘or pedagogik texnologiyalaridan, interfaol usullaridan keng foydalanishga katta ahamiyat berilgan.
Ushbu mashg‘ulot Yevropa standartidan kelib chiqib, to‘rtta ko‘nikma bo‘yicha olib borildi. Grammatik mavzu ya’ni tartib sonlaga doir videofilmlar, o‘tilgan mavzu bo‘yicha qo‘yilgan audiolar, yangi mavzuning prezentatsiyasi o‘qituvchini mashg‘ulotga mas’uliyat bilan yondashganidan dalolat berdi. Talabalarni darsdagi faolligi, ishtiroki o‘qituvchining yutug‘i deb bilaman.
Innovatsion texnologiyalardan, kartochkalar, grammatik jadvallar, tarqatma materiallardan unumli foydalanganligi darsni qiziqarli o‘tishiga zamin yaratdi. O‘qituvchi dars davomida har bir talabani jarayonga jalb qila oldi. Dars rejasi qat’iy va fanlararo bog‘liq holda tuzilgan. O‘qituvchining nutq madaniyati, fikrni aniq ifodalay olishi, dars davomida o‘zini tutishi a’lo darajada. Men ushbu darsni uslubiy jihatdan ijobiy baholayman.
Taqrizchi: katta o‘qituvchi D.Abduraxmonova
Download 15 Kb.




Download 15 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Namangan davlat universiteti Jahon tillari fakulteti Ijtimoiy

Download 15 Kb.