• Ishsiz shaxs deb e’tirof etish uchun quyidagi to’rt shart mavjud bo’lishi lozim.
  • O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta`lim vazirligi Sharof Rashidov nomidagi




    Download 1,54 Mb.
    bet2/9
    Sana17.12.2023
    Hajmi1,54 Mb.
    #121387
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Daler-Mehnat-02
    2 amaliy mashg’ulot Juft va ko’p omilli korrelyasion regression, 2-topshiriq. Mehnat iqtisodiyoti, mil2, Dalar-Mehnat-01

    Shu bilan birga, bunda gap nafaqat hayotning o’zini saqlab qolish va takror tiklab borish uchun zarur bo’lgan vositalarni ta’minlash jihatidan, balki shuningdek hayotiy faoliyat shakli bo’lmish mehnatga oid tabiiy ehtiyojni ro’yobga chiqarish jihatidan ham insonning mehnat qilish huquqi, uning mehnatga qodirligini yuzaga chiqarish huquqini amalga oshirish to’g’risida boradi.

    Ishsiz shaxs deb e’tirof etish uchun quyidagi to’rt shart mavjud bo’lishi lozim.

    Birinchi shart – fuqaro mehnatga qobiliyatli bo’lishi va amaldagi qonun hujjatlariga binoan pensiya ta’minoti huquqiga ega bo’lmasligi kerak. Huquqiy jihatdan mehnat qilish qobiliyatining quyi darajasi, Mehnat kodeksining 77-moddasiga muvofiq 16 yosh deb belgilangan. Shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, Mehnat kodeksining ushbu moddasiga muvofiq tegishli shartlarga rioya etilgan holda 15 yoki 14 yoshga to’lgan yoshlarni ham ishga qabul qilishga yo’l qo’yilsa-da, ular ishga layoqatli shaxs deb e’tirof etilishlari mumkin emas.

    Ikkinchi shart fuqaro ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo’lmasligi lozim. Agar, fuqaro asosiy ishini yo’qotgan (masalan, shtatlar qisqarishi munosabati bilan bo’shatilgan), lekin o’rindoshlik asosida boshqa korxonada ishlayotgan bo’lsa, bunda u ish bilan band bo’lgan deb hisoblanadi.

    Uchinchi shart – fuqaro ishlashga tayyor bo’lishi lozim. Fuqaroning ishlashga tayyor ekanligini, uning mahalliy mehnat organiga ish qidirib rasmiy murojaat qilishi, belgilangan muddatlarda mehnat organida qaytadan ro’yxatdan o’tib turishi va mehnat organlari tomonidan taklif qilingan maqbul ishni qabul qilish holatlari tasdiqlaydi. Homilador ayollar, agarda ularning homiladorlik davri yigirma sakkiz haftadan oshmagan bo’lsa, ular mehnatga qobiliyatli deb hisoblanadilar va homiladorlikning bu davrida ular ishsiz shaxs deb e’tirof etilishlari kerak.

    To’rtinchi shart – fuqaro barcha tegishli hujjatlarni taqdim qilgan holda mahalliy mehnat organida ish qidiruvchi shaxs sifatida ro’yxatdan o’tishi lozim.


    Download 1,54 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 1,54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta`lim vazirligi Sharof Rashidov nomidagi

    Download 1,54 Mb.