• Tayanch iboralar
  • Hisobot topshirish.
  • MAVZU: Pedagogik amaliyotga qo’yiladigan metodik talablar




    Download 3,89 Mb.
    bet113/267
    Sana02.02.2024
    Hajmi3,89 Mb.
    #150578
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   267
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi t

    35 MAVZU: Pedagogik amaliyotga qo’yiladigan metodik talablar
    Reja:

          1. Pedagogik amaliyotning maqsadi va vazifalari.

          2. Pedagogik amaliyot tiulari: passiv, aktiv, tanishuv va uzliksiz.

          3. Pedagogik amaliyot jarayonida tayyorlanadigan hujjatlar.

          4. Amaliyotchi talabaning shaxsiy ish rejasi.

          5. Ko'rgazmali qurollar tayyorlash. Amaliyotni yakunlashga qo'yiladigan talablar.


    Tayanch iboralar: pedagogik amaliyot, pedagogik-psixologik faoliyat, ishlab chiqarish asoslari, kasbga yo’naltirish, shaxsiy ish rejasi, pedagogik amaliyot kundaligi, darsning taxlili, kalen­dar mavzuli reja, tarbiyaviy ish rejasi, tarbiyaviy soatlar taxlili, to’garak ishlar rejasi, tarbiyaviy tadbir ssenariysi, psixologik-pedagogik tavsifnoma, dars rejasi va ishlanmasi, o’quv-ko’rgazmali qurol, tarqatma materiallar.
    Pedagogik amaliyotning maqsad va vazifalari.
    Mehnat ta’limi o’qituvchilarini tayyorlash Davlat ta’lim stan­dard talablaridan kelib chiqqan xolda pedagogik amaliyotning vazifalari quyidagilardan iborat etib belgilangan:

    • talabalarda kasbiy ishonch va barqaror pedagogik qarash- larni shakllantirish;

    • talabalarning pedagogik-psixologik fanlar xamda maxsus fanlar bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarini mustaxkamlash va amalda qo’llash;

    • bo’lajak o’qituvchilarni amaliy ko’nikma va malakalar bilan, zaruriy xolatlarda umumiy psixologik-pedagogik qonuniyatlarni qo’llash malakalari bilan ta’minlash;

    • talabalarga sinf raxbari vazifalarini bajarishni, yoshlar ijti­moiy xarakati tashkilotlari bilan ishlashni o’rgatish;

    • talabalarni sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilinishi va o’t- kazilishi bilan tanishtirish;

    • talabalarga maktab o’quvchilarini fan olimpiadalariga tay­yorlash rejalari bilan tanishtirish;

    • talabalarni maktab, o’quv-tarbiyaviy ishlarning zamonaviy axvoli, ilg’or pedagogik tajribalari bilan tanishtirish;

    • o’qituvchilarning muxim kasbiy va shaxsiy xislatlarini ri­vojlantirish;

    • talabalarni bevosita pedagogik-psixologik faoliyatda qatnashishlariga erishish;

    • talabalarni maktab o’quvchilarini pedagogik kasbga yo’naltirish va tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazishga o’rgatish;

    • pedagogik faoliyatning sinfdan va maktabdan tashqari ish­larini joriy va istiqbolli rejalashtirishni o’rgatish;

    • talabalarda o’qituvchining ish rejasiga maktab o’quvchilari bilan tarbiyaviy ishlarni olib borish malakasini shakllantirish;

    • ta’lim-tarbiyaviy ishlarning asosiy shakllari (dars, suxbat, o’yin va boshqalar)ni amaliyotga tatbiq qilishni o’rgatish;

    • talabalarga maktab o’quvchilari bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini kuzatish va taxlil qilishni o’rgatish;

    • zamonaviy o’qitish metodlarini qo’llab dars o’tishni o’rgatish kabilardan iborat.

    Pedagogik amaliyot mazmuni va uni tashkil etish.


    O’zbekiston Respublikasi «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida ishlab chiqil­gan va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1998-yil 30-ok- tabr 305-sonli buyrugi bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respub­likasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti xaqida»gi Nizomga muvofiq Nizomiy nomidagi TDPUda «Tala­balarning malakaviy pedagogik amaliyoti» xaqidagi Nizom ish­lab chiqilgan.
    Malakaviy pedagogik amaliyot ta’lim-tarbiya jarayonini za­mon talablari asosida tashkil etadigan, ilg’or pedagogik va ax­borot texnologiyalarini muvaffaqiyatli qo’llayotgan, bu borada etarli ish tajribalariga ega bo’lgan, o’quv-moddiy ta’minoti bugungi kun talablariga javob beradigan uzluksiz ta’limning umu­miy o’rta ta’lim muassasalari bilan tuzilgan shartnoma asosida tuziladi.
    Malakaviy pedagogik amaliyot o’tkaziladigan ta’lim muassa­salari oliy o’quv yurti joylashgan xududga iloji boricha yaqin joylashgan bo’lishi maqsadga muvofiqdir.

    1. Talabalar amaliyot boshlanadigan birinchi kunida peda­gogika oliy o’quv yurtida, pedagogik amaliyotga bagMshlab o’tkaziladigan konferensiyada qatnashadilar. Konferensiyada ta­labalarni mutaxassisliklariga qarab guruxlarga bo’linadi va peda­gogik amaliyot o’taydigan ta’lim muassasasi manzillari bilan ta­nishtiriladi. Talabalar pedagogik amaliyotning maqsad vazifalari, dasturi va uning mazmuni, biriktirilgan metodist o’qituvchilar bilan tanishadilar.

    2. Talabalar biriktirilgan o’quv muassasasiga boradilar, manzil bilan yaqindan tanishadilar. Maktab raxbari bilan suxbatlashib, uning tarixi va an’analarini, o’quv moddiy bazasi va uning pe­dagogik faoliyatni ilmiy tashkil qilish talabiga javob berishini, o’quvchilar kontengentini o’rganadilar.

    3. Talabalar pedagogik jamoaning tajribasi, ilmiy pedagogik ishlari, maktabdagi o’quv, metodik ishlar bilan tanishadilar. Ilgor pedagogik tajribalar o’rganilishi va joriy etilishi bilan tanishadi­lar. Xar bir amaliyotchi talaba amaliyotni o’tash davrida ma’lum sinfga biriktirib qo’yiladi, u shu sinf o’quvchilariga mehnat ta’limidan uchta yo’nalish bo’yicha dars beradilar:

    1.Texnologiya va dizayn.
    2.Servis xizmati.
    3. Qishloq xo’jaligi asoslari.

    1. Amaliyotningbirinchixaftasimaktabdagi, mehnatta’limi xonalariningmoddiybazasixamda o’quvchilarbilantanishishga bag’ishlanadi. Budavrda amaliyotchitalabalaro’zlaribiriktirilgansinfdagiturli. darslarda qatnashadilar,sinfraxbario’tkazadiganbarchatarbiyaviytadbirlarda ishtirok etadilar. Amaliyotchita­labalarxaftaning oxiriga borib, xarbiro’quvchixaqida, uningo’zlashtirishi, intizomi, o’qishga, jamoatishiga munosabatito’g’risida aniqtasavvurga egabo’lishizarur.

    2. Talabalaro’zlaribiriktirilganta’limmuassasasidagita’lim- tarbiyaviyishlar, guruxmurabbiylariva fano’qituvchisiningtaqvimmavzulirejalari, mehnatta’limi xonalariningyo’nalishlarbo’yicha jixozlanganligibilantanishadilar. Bundantashqari amaliyotchifano’qituvchisiningkelgusidarslarga tayyorgarligidarsrejalariningtuzilishi, ulardagidarsningtarbiyaviy, ta’limiy, rivojlantiruvchimaqsadlariningqo’yilishinio’rganadilar. O’quvchilarningfanyuzasidanbilimdarajalarinio’rganibDavlatta’limstandartitalablarigato’g’rikelishinitaxlilqiladilar. Fano’qituvchisiningdarslardako’rgazmaliqurollardanfoydalanishivaularningnatijalarinio’rganadilar.

    3. O’qituvchibo’libishlashmobaynidatalabafaqatginamehnatta’limidarslarigakiribginaqolmaychizmachilik, rasmkabiturdoshfanlardandarslargakirib, taxlilqiladilar. Ularningmehnatta’limigabog’liqtomonlarinio’rganadilar. Mehnatta’limi- ningbarchayo’nalishlarini, ya’nitexnikvamaishiyxizmatko’rsatishmehnatidarslarinikuzatibdarslarningtashkilqilinishinio’rganadilar.

    4. Amaliyotdavridatalabalaro’zlarigabiriktirilgansinflardatarbiyaviyishrejasigaasosanbayramtadbirlarinio’tkazadilar. Bundatalabao’ziningijodiyfaoliyatidankelibchiqqanxolda «Balliqizlar», «Navro’ztaomlarinitayyorlash» mavzusidatad­birlaro’tkazishimumkin. Talaba bayram ssenariysini tuzadi, o’quvchilarni tayyorlaydi.

    5. Maktabda tashkil qilingan to’garaklarning ish rejalari bilan tanishadilar. To’garak a’zolari, ularning faoliyati bilan tanishib darslarini taxlil qiladilar. Navbatdagi to’garak darslariga tayyorlanib sinov darslarini o’tadilar.

    6. Yo’nalishlar bo’yicha 8—9-sinflarda «Ishlab chiqarish asos­lari», «Kasbga yo’naltirish» darslarini taxlil qiladilar, navbatdagi darslarga tayyorgarlik ko’rib avval sinov darslarini so’ngraesa na- munali darslarga ko’rgazmali qurollar tayyorlaydilar.

    7. Sinf raxbari bilan birgaota-onalar bilan ishlashni, ular bilan yigilishlar o’tkazishni o’rganadilar. Tarbiyasi ogir bo’lgan o’qivchilarning oilaviy sharoitlari bilan tanishib, ularni to’g’ri yoiga solish tadbirlarini ishlab chiqadilar.

    8. Pedagogik amaliyot davrida tayyorlashi kerak bo’lgan xuj­jatlarni yigish va pedagogik amaliyot yakunigabag’ishlangan konferensiyaga tayyorgarlik ko’rish. Hisobot topshirish.

    Pedagogik amaliyot jarayonida tayyorlanadigan xujjatlar.
    Pedagogik amaliyot tugaganidan so’ng talabalar quyidagi xuj­jatlarni tegishli tartibda rasmiylashtirgan xolda taqdim etadilar:
    1. amaliyotchining shaxsiy ish rejasi;
    2. pedagogik amaliyot kundaligi;
    3. amaliyotchitalabaningmehnatfanibo’yichakamida 40 tadarsningtaxlili (yo’nalishlarbo’yicha);
    4. tanlangan yo’nalish bo’yicha mehnat ta’limidan kalendar mavzuli reja;
    5. tarbiyaviy ish rejasi;
    6. tarbiyaviy soatlar taxlili;
    7.mehnat fanidan tashkil qilingan to’garak ishlar rejasi;
    8. yosh fiziologiya vagigiena fanidan mustaqil ish topshiriqlariga javoblar;
    9. tarbiyaviy tadbir ssenariysi.
    10. Psixologik-pedagogik tavsifnoma:
    a) 1 ta gurux uchun; b) 2 ta o’quvchi uchun.
    11. Amaliyotchi talabaning dars o’tgan fanidan 6—8 ta dars ishlanmasi.
    12. Sinov dars rejasi va ishlanmasi.
    13. Sinov dars uchun talaba tomonidan tayyorlangan o’quv- ko’rgazmali qurol, tarqatma materiallar.
    14. Sinov darsning taxlili va maktab metod birlashmasi (Mak­tab pedagogik kengashi) bayonnomasidan ko’chirma.
    15. Amaliyotchi talaba uchun pedagogik amaliyot o’tgan o’quv muassasasining tavsifnomasi.
    16. Yuqorida qayd etilgan xujjatlar umumlashtirilgan hisobot.


    Amaliyotning umumiy bahosi talabaning tarbiyachi vao’qituvchi sifatida bajargan ishi, o’quvchiga yozilgan pedagogik tavsifnoma xamda xujjatlarning o’z vaqtida topshirilishi va sifa­tini hisobga olgan xolda reyting tizimi asosida qo’yiladi.
    Pedagogik amaliyotni o’tashda talaba pedagogika, psixologiya, umumtexnik va metodik fanlardan egallagan bilimlariga tayanadi.
    Quyida talabalar pedagogik amalayot davrida amalga oshi- rishi kerak bo’lgan tadbirlar xamda bu jarayonda yuritiladigan xujjatlar mazmuniga to’xtalamiz: amaliyot tugagach, talaba 3 kun ichida hisobot topshiradi. Unga kundalik, tavsifnoma, dars rejalari, ochiq darslar muxokamasi qarorlaridan ko’chirma, o’tkazilgan darslar rejasi va konspekti, qatnashgan darslari tax­lili bayoni, o’tkazilgan tarbiyaviy ishlarning ssenariysi (matni), 1 ta o’quvchiga psixologik-pedagogik tavsifnoma, amaliyotchining ish dasturi, amaliyot davrida guruxning o’quv-tarbiya ishlari oylik va yillik (semestr) ish dasturlari, kasb-xunar kolleji xaqida ma’lumot, kelgusida kasb-xunar kolleji ishini ri­vojlantirish, dars sifatini oshirishga oid fikrlari ilova qilinishi kerak.
    Amaliyotchi talabaga maslaxatlar.
    Pedagogik amaliyot mehnat ta’limi o’qituvchisini tayyorlash­da shunday jarayondirki, bunda xar bir talaba o’qish davrida to’plagan bilimlarini majmuaviy tarzda foydalanishga to’g’ri ke­ladi. Shuning uchun pedagogik amaliyot davridy o’qish jara­yonidagi barcha kamchiliklar yaqqol ko’rinib qoladi. Pedagogik amaliyot mehnat ta’limi o’qituvchisini tayyorlashda o’ziga xos sinov hisoblanadi. Shuni nazarda tutish kerakki, amaliyotchining yoshi u raxbarlik qilayotgan o’quvchilarning yoshidan juda kam farqlanadi. Bunday vaziyatda birinchi kundan boshlab to’g’ri yo’l tanlash, o’quvchilarga nisbatan takallufsizlikka yo’l qo’ymaslik, takabburona munosabatda bo’lmaslik juda muxim­dir. Tajribalarning ko’rsatishicha, amaliyotchi talaba o’quvchilar bilan to’g’ri munosabatda bo’lsa, ya’ni ularga xayrixoxligi va kamtarligini namoyon qilsagina u tezda bolalar bilan inoqlashib ketadi.
    Amaliyotchi talabaning tashqi qiyofasi xam muxim rol o’ynaydi. U o’quvchiga namuna bo’lishi zarur. Amaliyotchi ta­laba oddiy, ozoda kiyinishi lozim, bu shartni bajarmagan talaba o’quvchilardan shu narsani talab qila olmaydi. Amaliyotchi talaba nafaqat tashqi qiyofasi bilan, balki o’zining odobi, xulqi, katta va kichiklarga muomalasi bilan namuna bo’lishi kerak. Bu esa tala­baning amaliyot davrida turli to’siqlarga duch kelmasdan amaliyotni tugatishiga va davr talabidagi pedagog kadr bo’lishiga zamin bo’ladi. Talabalar amaliyot davrida maktab pedagogik jamoaning a’zosi bo’ladilar, binobarin maktab tartibiga bo’ysunadilar, mehnat intizomiga amal qiladilar.
    Pedagogik amaliyotning samaradorligi ko’p jixatdan talaba­ning mustaqilligi va faolligiga, uning ishga ijodiy yondashishiga bog’liq bo’ladi. Mana shu amaliyot davrida talabaga bitiruv ma­lakaviy ishi mavzusi bo’yicha tadqiqot materiallarini to’plash va umumlashtirish uchun imkoniyat yaratiladi.
    Pedagogik amaliyotning vazifalari.
    Mehnat ta’limi o’qituvchilarini tayyorlash Davlat ta’lim stan­dard talablaridan kelib chiqqan xolda pedagogik amaliyotning vazifalari quyidagilardan iborat etib belgilangan:

    • talabalarda kasbiy ishonch va barqaror pedagogik qarash- larni shakllantirish;

    • talabalarning pedagogik-psixologik fanlar xamda maxsus fanlar bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarini mustaxkamlash va amalda qo’llash;

    • bo’lajak o’qituvchilarni amaliy ko’nikma va malakalar bilan, zaruriy xolatlarda umumiy psixologik-pedagogik qonuniyatlarni qo’llash malakalari bilan ta’minlash;

    • talabalarni sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilinishi va o’tkazilishi bilan tanishtirish;

    • talabalarga maktab o’quvchilarini fan olimpiadalariga tay­yorlash rejalari bilan tanishtirish;

    • talabalarni maktab, o’quv-tarbiyaviy ishlarning zamonaviy axvoli, ilg’or pedagogik tajribalari bilan tanishtirish;

    • o’qituvchilarning muxim kasbiy va shaxsiy xislatlarini ri­vojlantirish;

    • talabalarni bevosita pedagogik-psixologik faoliyatda qat- nashishlariga erishish;

    • talabalarni maktab, o’quvchilarini pedagogik kasbga yo’nal­tirish va tarbiyaviy tadbirlarni o’tkazishga o’rgatish;

    • pedagogik faoliyatning sinfdan va maktabdan tashqari ish­larini joriy va istiqbolli rejalashtirishni o’rgatish;

    • talabalarda o’qituvchining ish rejasiga muvofiq maktab o’quvchilari bilan tarbiyaviy ishlarni olib borish malakasini shakl­lantirish;

    • ta’lim tarbiyaviy ishlarning asosiy shakllari (dars, suxbat, o’yin va boshqalar)ni amaliyotga tatbiq qilishni o’rgatish;

    • talabalarga maktab o’quvchilari bilan olib boriladigan ta’- lim-tarbiya ishlarini kuzatish va taxlil qilishni o’rgatish;

    • zamonaviy o’qitish metodlarini qo’llab dars o’tishni o’rga­nish kabilardan iborat.

    Umumta’lim maktablarida o’tkaziladigan pedagogik amaliyot mazmuni vauni tashkil etish.
    Malakaviy pedagogik amaliyot ta’lim-tarbiya jarayonini zamon talablari asosida tashkil etadigan, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini muvaffaqiyatli qo’llayotgan, bu borada etarli ish tajribalariga ega bo’lgan, o’quv-moddiy ta’minoti bugungi kun talablariga javob beradigan uzluksiz ta’limning umumiy o’rta ta’lim muassasalari bilan tuzilgan shartnoma asosida tuziladi.
    Malakaviy pedagogik amaliyot o’tkaziladigan ta’lim muas­sasalari oliy o’quv yurti joylashgan xududga iloji boricha yaqin joylashgan bo’lishi maqsadga muvofiqdir.

    1. Talabalar amaliyotning birinchi kunida pedagogik ama­liyotga bag’ishlab o’tkaziladigan konferensiyada qatnashadilar. Konferensiyada talabalarni mutaxassisliklariga qarab guruxlarga bo’linadi va pedagogik amaliyot o’taydigan ta’lim muassasasi manzillari bilan tanishadilar. Talabalar pedagogik amaliyotning maqsadi, vazifalari, dasturi va uning mazmuni, biriktirilgan metodist o’qituvchilar bilan tanishadilar.

    2. Talabalar biriktirilgan o’quv muassasasiga boradilar, manzil bilan yaqindan tanishadilar. Maktab raxbari bilan suxbatlashib, maktabning tarixi va an’analarini, o’quv moddiy bazasi va uning pedagogik faoliyatni ilmiy tashkil qilish talabiga javob berishini, o’quvchilar kontengentini o’rganadilar.

    3. Talabalar pedagogik jamoaning tajribasi, ilmiy pedago­gik ishlari, maktabdagi o’quv, metodik ishlar bilan tanisha­dilar. Ilgor pedagogik tajribalar o’rganilishi va joriy etilishi bilan tanishadilar. Xar bir amaliyotchi talaba amaliyotni o’tash davrida ma’lum sinfga biriktirib qo’yiladi, u shu sinf o’quvchilariga mehnat ta’limidan uchta yo’nalish bo’yicha dars beradilar:

    • Texnologiya va dizayn.

    • Servis xizmati.

    • Qishloq xo’jaligi asoslari.

    1. Amaliyotning birinchi xaftasi maktabdagi, mehnat ta’limi xonalarining moddiy bazasi, xamda o’quvchilar bilan tanishishga bag’ishlanadi. Bu davrda amaliyotchi talabalar o’zlari biriktirilgan sinfdagi turli darslarda qatnashadilar, sinf raxbari o’tkazadigan barcha tarbiyaviy tadbirlarda ishtirok etadilar. Amaliyotchi talabalar xaftaning oxiriga borib, xar bir o’quvchi xaqida, uning o’zlashtirishi, intizomi, o’qishga, jamoat ishiga munosabati to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lishi zarur.

    2. Talabalar o’zlari biriktirilgan ta’lim muassasasidagi ta’lim-tarbiyaviy ishlar, gurux murabbiylari va fan o’qituv- chisining taqvim mavzuli rejalari, mehnat ta’limi xonalari­ning yo’nalishlar bo’yicha jixozlanganligi bilan tanishadilar. Bundan tashqari amaliyotchi fan o’qituvchisining kelgusi darslarga tayyorgarligi dars rejalarining tuzilishi, ulardagi darsning tarbiyaviy, ta’limiy, rivojlantiruvchi maqsadlarining qo’yilishini o’rganadilar. O’quvchilarning fan yuzasidan bi­lim darajalarini o’rganib Davlat ta’lim standarti talablariga to’g’ri kelishini taxlil qiladilar. Fan o’qituvchisining darslar­da ko’rgazmali qurollardan foydalanishi va ularning natijala­rini o’rganadilar.

    3. O’qituvchi bo’lib ishlash mobaynida talaba faqatgina mehnat ta’limi darslariga kiribgina qolmay chizmachilik, rasm ka­bi turdosh fanlardan darslarga kirib, darslarni taxlil qiladilar. Ularning mehnat ta’limiga bog’liq tomonlarini o’rganadilar.

    Mehnat ta’limining barcha yo’nalishlarini, ya’ni texnik va maishiy xizmat ko’rsatish mehnati darslarini kuzatib darslarning tashkil qilinishini o’rganadilar.

    1. Amaliyot davrida talabalar o’zlariga biriktirilgan sinflarda tarbiyaviy ish rejasigaasosan bayram tadbirlarini o’tkazadilar. Bunda talaba o’zining ijodiy faoliyatidan kelib chiqqan xolda «Balli qizlar», «Navro’z taomlarini tayyorlash» mavzusida tad­birlar o’tkazishi mumkin. Talaba bayram ssenariysini tuzadi, o’quvchilarni bayramga tayyorlaydi.

    2. Maktabda tashkil qilingan to’garaklarning ish rejalari bilan tanishadilar. To’garak a’zolari, ularning faoliyati bilan tanishib darslarini taxlil qiladilar. Navbatdagi to’garak darslariga tayyor- lanib sinov darslarini o’tadilar.

    3. Yo’nalishlar bo’yicha8—9-sinflarda «Ishlab chiqarish asos­lari», «Kasbga yo’naltirish» darslarini taxlil qiladilar, navbatdagi darslarga tayyorgarlik ko’rib avval sinov darslarini so’ngraesa na- munali darslarga ko’rgazmali qurollar tayyorlaydilar.

    4. Sinf raxbari bilan birgaota-onalar bilan ishlashni, ular bilan yigilishlar o’tkazishni o’rganadilar. Tarbiyasi ogir bo’lgan o’qivchilarning oilaviy sharoitlari bilan tanishib, ularni to’g’ri yo’lga solish tadbirlarini ishlab chiqadilar.

    5. Pedagogik amaliyot davrida tayyorlashi kerak bo’lgan xuj­jatlarni yigish va pedagogik amaliyot yakunigabag’ishlangan konferensiyaga tayyorgarlik ko’rish.



    Hisobot topshirish.
    Amaliyotning umumiy bahosi talabaning tarbiyachi va o’qituvchi sifatida bajargan ishi, o’quvchiga yozilgan pedagogik tavsifnoma xamda xujjatlarning o’z vaqtida topshirilishi va sifa­tini hisobga olgan xolda, reyting tizimi asosida qo’yiladi.
    Pedagogik amaliyotni o’tashda talaba pedagogika, psixologiya, umumtexnik va metodik fanlardan egallangan bilimlariga tayanadi.
    Quyida talabalarning pedagogik amalayot davrida amalga oshirishi kerak bo’lgan tadbirlar xamda bu jarayonda yuritiladigan xujjatlar mazmuniga to’xtalamiz.
    Amaliyot tugagach, talaba 3 kun ichida hisobot topshiradi. Unga kundalik, tavsifnoma, dars rejalari, ochiq darslar muxokamasi qarorlaridan ko’chirma, o’tkazilgan darslar rejasi va konspekti, qatnashgan darslari taxlili bayoni, o’tkazilgan tarbiyaviy ishlarning ssenariysi (matni), 2 ta o’quvchiga psixologik-pedagogik tavsifnoma, amaliyotchining ish dasturi, amaliyot davri- da guruxning o’quv-tarbiya ishlari oylik va yillik (semestr) ish dasturlari, maktab xaqida ma’lumot, dars sifatini oshirishga oid fikrlari ilova qilinishi kerak.

    Download 3,89 Mb.
    1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   267




    Download 3,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MAVZU: Pedagogik amaliyotga qo’yiladigan metodik talablar

    Download 3,89 Mb.