• Kerakli asbob uskuna
  • Fotografik usul
  • Ximiyaviy usul
  • Lyuminessent usuli
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti ter




    Download 14,49 Mb.
    bet122/219
    Sana14.05.2024
    Hajmi14,49 Mb.
    #231095
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   219
    Bog'liq
    Termiz davlat universiteti

    12-Amaliy mashg’ulot
    Mavzu: Radioaktiv nurlarni qayd qiluvchi hisoblash asboblarining tuzilishi va ishlash usullari.


    Ishdan maqsad: Ionlashtiruvchi nurlarni qayd qiluvchi asboblarning tuzilishini va ishlash usulini o’rganish.
    Kerakli asbob uskuna: Radiometrik asbob.


    Umumiy ma’lumotlar.
    Radioaktiv nurlanishlarni o’lchashda hisoblash priborlarining ishlash usuli shundan iboratki, ya’ni radioaktiv alfa, (), beta (), gamma ()-nurlarning havoda tarqalganda muhitni ionlash xususiyatiga asoslangandir.
    Ionlashtiruvchi nurlarni aniqlashda turli uslublardan foydalanish mumkin. Ular quyidagilar.
    1.Fotografik usul. Fotoemulsiyaning qorayishi darajasi o’zgarishiga asoslangan bo’lib, gamma nurlari ta’sirida fotoplyonkada tasvir hosil bo’ladi. Tasvir hosil bo’lishi (qorayish zichligi) nurlash dozasiga bog’liq bo’lib, u o’z navbatida etalon bilan solishtirladi va rasm qog’ozida hosil bo’lgan tasvirga qarab nurlash dozasini quvvatini aniqlash imkoniyati tug’iladi.
    2.Ximiyaviy usul -asosan ba’zi bir kimyoviy moddalarning radiatsiya ta’siridan keyin rangining o’zgarishi darajasini aniqlashga asoslangan.
    3.Ssintillyasion usul. Ba’zi bir moddalar radiatsiya ta’sirida o’zidan ko’zga ko’rinadigan yorug’lik fotonlarini chiqaradi.
    Natijada hosil bo’lgan ssintillyasiya (yorug’lik chaqnashlari) yozib olinadi.
    4. Lyuminessent usuli. Bu usul asosan ba’zi bir ximiyoviy moddalarning radiatsiya ta’sirida energiya to’plash qobiliyatiga asoslangandir.
    5. Ionlash usuli. Bu usul katta ahamiyatga ega bo’lib, alohida olingan xajmdagi havo yoki gazning radioaktiv nurlar ta’sirida ionlanishning sodir bo’lishidan iborat bo’lib elektr neytral atomlardan musbat va manfiy zaryadlangan ionlar xosil bo’ladi. SHu xajmga 2 ta elektrod kiritiladi, ularga o’zgarmas kuchlanishli elektr toki ulansa, elektrod orasida elektr maydoni xosil bo’lib- manfiy ionlar anodga, musbatlari esa katodga tortiladi va elektrodlar orasida potensiallar ayirmasi kamayishi kuzatiladi. Natijada xosil bo’lgan tok, ionizatsiya toki deb atalib, uning kattaligi radioaktiv nurlanishlarning intensivligiga to’g’ri proporsional bo’ladi.
    Ionlash usuli asosida ishlovchi radiometrik asboblar-bir xil tartibda tuzilgan bo’lib, ularga qabul qiluvchi, kuchaytiruvchi, hosil bo’lgan signallarni o’lchovchi qurilmalar va ularning ishlashini ta’minlovchi oziqlanish manbai kiradi.

    Download 14,49 Mb.
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   219




    Download 14,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti ter

    Download 14,49 Mb.