360
belgilash uchun tuzatuvchi soliqdan foydalanadi. Bu holda, ifloslantirish
huquqlari uchun taklif egri chizigʻi mukammal elastik (chunki firma
soliq toʻlash orqali ular istaganicha koʻp ifloslantirishi mumkin) va talab
chizigʻi vaziyati ifloslanish miqdorini belgilaydi. (b) chizmada, EPK
ifloslantirish ruxsatini joriy etish orqali ifloslanish miqdorini belgilab
beradi. Bu holda, ifloslantirish huquqlari uchun taklif egri chizigʻi
mukammal noelastik (chunki ifloslantirish miqdori ruxsatnomalar soni
bilan belgilanadi), va talab egri chizigʻi vaziyati ifloslanish narxini
belgilaydi. Demak, EPA tuzatuvchi soliq bilan narx belgilash orqali,
yoki ifloslantirish ruxsatnomalari bilan miqdorni oʻrnatish orqali
berilgan talab egri chizigʻining har qanday qismiga erishishi mumkin.
Ba'zi hollarda esa, ifloslantirish ruxsatini sotish tuzatuvchi soliq
undirishdan koʻra yaxshiroq boʻlishi mumkin. EPA daryoga 600 tonna
dan kam chiqindi tashlanishini istaydi. Lekin EPK ifloslanish talab
chizigʻini bilmasligi tufayli, bu maqsadga erishish uchun qanday hajmda