364
faoliyat keyin bir xil firma ichida boʻladi va bu firma daraxtlar va
asalarilar maqbul sonini tanlashi mumkin boʻladi. Tashqi ta’sirni
oʻzlashtirish ayrim firmalarning turli turdagi bizneslarga jalb
qilinishining bir sababidir.
Xususiy bozor uchun tashqi ta'sirni hal qilishning yana bir usuli
manfaatdor tomonlar bilan aloqaga kirishishdir. Yuqoridagi misolda,
olma yetishtiruvchilar va asalarichi oʻrtasidagi shartnoma juda kam
daraxt va juda oz ari muammosini hal qilishi mumkin. Shartnoma
daraxtlar sonini, asalarilar sonini va ehtimol, bir tomonning boshqa
biriga toʻlovlarini belgilashi mumkin. Daraxtlar va asalarilar toʻgʻri
sonini aniqlash orqali shartnoma odatda bu tashqi ta’sirdan kelib
chiqadigan samarasizlik hal qilinishi va ikki tomon uhcun yaxshi
boʻlishi mumkin.