Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/366
Sana17.05.2024
Hajmi7,53 Mb.
#240249
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   366
Bog'liq
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi t

Qashshoqlikka qarshi kurashish. 
Koʻpgina
 
davlat dasturlari 
nochorlarga yordam berishga yoʻnaltirilgan. Ijtimoy himoya qilish 
tizimi (rasman yordamga muhtoj oilalarga vaqtincha koʻmak deb 
nomalanadi) ayrim nochor oilalarga katta boʻlmagan daromadni 
ta’minlab beradi. Undan tashqari oziq-ovqat talonlari dasturi kam 
daromadli kishilarga oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishni 
subsidiyalaydi, shuningdek turli xil uy joy bilan ta’minlash davlat 
dasturlari ularni yashash joylari bilan ta’minlab beradi. Qashshoqlikka 
qarshi kurashishga yoʻnaltirilgan ushubu dasturlar moliyalviy jihatdan 
barqaror boʻlgan oilalar tomonidan toʻlanadigan soliqlar hisobiga 
moliyalashtiriladi. 
Iqtisodchilar qashshoqlikka qarshi kurashishda davlatning tutgan 
roli borasida oʻzaro hamfikr emaslar. Biz mazkur masalani 20-bobda 
atroflicha oʻrganib chiqishimizga qaramasdan hozir muhim bir jihatga 
e’tibor qaratamiz: qashshoqlikka qarshi kurashish tarafdorlari, ushbu 
kurashishni 
ommaviy 
mahsulot 
hisoblashadi. 
Hatto, 
barcha 
qashshoqlik mavjud boʻlmagan jamiyatda yashashni hohlasada, 
qashshoqlikka qarshi kurashish umuman olganda “yaxshi” tadbir emas, 
sababi bu masalalar shaxsiy tartibda amalga oshirilishi zarur. 
Qashshoqlikni bartaraf etish maqsadida, aytaylik, kimdur boy 
kishilar jamiyatini tashkil etdi. Ular ommaviy mahsulotlar taqdim 
etishadi. Bu iste’molda cheklangan mahsulot boʻlmaydi: biror kishini 
qashshoqlik mavjud boʻlmagan jamiyatda yashashi boshqa bir kishini 
ana shu jamiyatda yashashiga toʻsqinlik qilmaydi. Bu iste’moldan 


379 
mahrum qilish xususiyatiga ham ega boʻlmaydi: qashshoqlik bartaraf 
etilgandan soʻng kimdur, xech kim bundan mahrum etilmaydi. 
Natijada, “tekinxoʻrlar” qashshoqlikka qarshi kurashishda ishtirok 
etmasdan turib qashshoqlik mavjud boʻlmagan sharoitda yashash 
imkoniyatiga ega boʻlishadi. 
“Tekinxoʻrlar” muammosi tufayli qashshoqlikni xususiy homiylik 
yordamlari hisobidan bartaraf etish, turgan gapki, mumkin emas. Shu 
bilan birga, davlatni aralashuvi ushbu masalani hal etishi mumkin. 
Nochorlarni hayot tarzini koʻtarishni koʻzlab boylarni soliqqa tortish 
hammasini yaxshilashi mumkin. Nochorlar baxtli – sababi ular yaxshi 
hayot tarziga ega boʻlishayapti, boylar baxtli – sababi ular qashshoqlar 
nisbatan kam boʻlgan jamiyatda yashashni yaxshi koʻrishadi. 

Download 7,53 Mb.
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   366




Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 7,53 Mb.
Pdf ko'rish