• Umumiy foydalanishdagi mahsulotlar
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet202/366
    Sana17.05.2024
    Hajmi7,53 Mb.
    #240249
    1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   366
    Bog'liq
    O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi t

    Shaxsiy buyumlar
    ist’emoldan mahrum qilinish va iste’molda 
    cheklanganlik xususiyatlariga ega. Masalan, konussimon qutili 
    muzqaymoqni koʻrib chiqamiz.
    Muzqaymoq iste’moldan olinishi mumkin, chunki kimnidir 
    muzqaymoq iste’molidan mahrum qilish uchun oʻsha kishiga 
    muzqaymoqni bermaslikni oʻzi kifoya. Konussimon qutili muzqaymoq 
    iste’molda cheklangan, chunki agarda biror kishi muzqaymoqni 
    iste’mol qilsa boshqa bir kishi aynan oʻsha muzqaymoqni iste’mol 
    qilish imkoniyatiga ega boʻlmaydi. Iqtisodiyotda koʻpgina mahsulotlar 
    aynan konussimon qutili muzqaymoq kabidir: siz toʻlovni amalga 
    oshirmay turib biror narsani qoʻlga kirita olmaysiz va siz toʻlovni 
    amalga oshirgandan soʻng shu tovar hisobiga foyda olishi mumkin 
    boʻlgan yagona shaxsga aylanasiz. Biz ilgarigi 4, 5 va 6 boblarda talab 
    va taklifni, shuningdek 7, 8 va 9 boblarda bozorlar samaradorligini 
    ta’lil qilganimizda mahsulotlar ist’emoldan mahrum qilinish va 
    iste’molda cheklanganlik xususiyatlariga ega ekanligini taxmin 
    qilgandik. 
    2. 
    Umumiy foydalanishdagi mahsulotlar
    iste’moldan mahrum 
    qilinish va iste’molda cheklanganlik xususiyatlariga ega emasdirlar. 
    Ya’ni kishilarga umumiy foydalanishdagi mahsulotlarning iste’molini 
    cheklash mumkin emas, shuningdek bir kishining iste’moli boshqa 
    kishining uni iste’mol qilish imkoniyatini kamaytirmaydi. Masalan, 
    kichik shaharchada tornado ovozi umumiy foydalanishdagi mahsulot 
    hisoblanadi. Ya’ni, tornado yuzaga kelgandan keyin hech kimni uning 
    ovozidan himoya qilish mumkin emas (demak bu ist’emoldan olinishi 
    mumkin emas). Undan tashqari, biror kishi ushbu shovqindan foyda 
    oladigan boʻlsa, u boshqa biror kishining imkoniyatlarini kamaytirib 
    yubormaydi (demak bu iste’molda cheklangan emas). 


    371 
    3. 

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   366




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish