• Umummilliy resurslar fojeasi hikoyasidan toʻliqroq anglash mumkin. Umummilliy resurslar fojeasi
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet210/366
    Sana17.05.2024
    Hajmi7,53 Mb.
    #240249
    1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   366
    Bog'liq
    O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta’lim vazirligi t

     
    16.3. Umumiy resurslar 
    Umumiy resurslar, xuddi ommaviy mahsulotlar kabi iste’moldan 
    mahrum qilinish xususiyatiga ega emas: ular iste’mol qiluvchilar 
    uchun mavjud va bepul. Shu bilan birga umumiy resurslar 
    cheklanganlik xususiyatiga ega: biror kishining umumiy resurslarni 
    iste’mol qilishi boshqa bir kishining ularni iste’mol qilish 
    imkoniyatlarini pasaytirib yuboradi. 
    Shunday qilib, umumiy resurslar yangi muammolarni keltirib 
    chiqaradi. Atroflicha oʻrganib chiqilgandan soʻng siyosatchilar 
    umumiy resurslarni qanday hajmda iste’mol qilinayotganligi haqida 
    qaygʻurishlari lozim. Bu masalani 
    Umummilliy resurslar fojeasi 
    hikoyasidan toʻliqroq anglash mumkin. 
    Umummilliy resurslar fojeasi 
    Oʻrta asrlardagi kichik bir shaharcha hayotini koʻrib chiqamiz. 
    Shaharchada mavjud koʻpgina iqtisodiy faoliyat turlaridan eng 
    muhimlaridan biri - bu qoʻy etishtirish edi. Shahardagi koʻpgina oilalar 
    qoʻylarni etishtiruvchi xoʻjalikkka (fermalarga) ega edilar, ular 
    qoʻylarning yunglarini keyinchalik kiyim-kechak sifatida ishlatish 
    uchun sotishar edi. 


    385 
    Bizni hikoyamiz boshlangan vaqtda quylar koʻpgina vaqtlarini 
    shaharni qamrab olgan Umumiy Maydon deb nomalnuvchi umumiy 
    erlarda (yaylovlarda) yotib oʻtkazishar edi. Shaharda hech bir oila 
    oʻzining shaxsiy er maydoniga ega emas edi. Buning oʻrniga aholi 
    kollektiv (jamoa) er maydonlariga (yaylovlariga) ega boʻlib, oʻz 
    qoʻylarini mazkur erlarda boqishar edi. Kollektiv (jamoa) mulki yaxshi 
    samara beradi, chunki erlar yaxshi koʻrinishda saqlanadi. Kishilar 
    oʻzlari uchun shaxsiy er maydonlarini ajratib olgunlariga qadar 
    Umumiy Maydon iste’moldan cheklanmagan 
    xususiyatga ega edi va kishilarni qoʻy etishtirishlarida hech 
    qanday toʻsiqlar mavjud emas, bir soʻz bilan aytganda hamma baxtli 
    edi. 
    Yillar oʻtishi bilan shaharcha aholisi soni ham unga baravar 
    ravishda Umumiy Maydonda boqilayotgan qoʻylar soni ham ortib 
    borar edi. Er maydonining oʻzgarmas hajmida qoʻylar sonini ortib 
    borishi erni oʻzini oʻzi qayta tiklash qobiliyatini kamaytirib borar edi. 
    Oxir oqibat erni tarkibi shu darajada yomonlashib ketdiki natijada u 
    oʻzining hosildorlik darajasini butkul yoʻqotdi.
    Ekinlarsiz Umumiy Maydonda qoʻylarni etishtirish imkonsiz va 
    qachonlardir rivoj topgan yung etishtirish sanoati oʻz oʻzidan yoʻqolib 
    boradi. Koʻpgina oilalar oʻzini oʻzi ta’minlash uchun daromad 
    manbaalarini yoʻqotishadi. Xoʻsh, ushbu muammoni yuzaga kelish 
    sabablari nima? Nega choʻponlar qoʻylar sonini Umumiy Maydonni 
    ishdan chiqarish darajasigacha oʻsishiga yoʻl qoʻyishdi. Muammo 
    shundaki, ommaviy va xususiy ragʻbatlar (manfaatlar) tubdan farq 
    qiladi. 
    Hosildor erlar sifatini saqlab qolish choʻponlarning birgalikdagi 
    jamoaviy harakatlariga bogʻliq. Agar choʻponlar birgalikda harakat 
    qilishganida edi, ular qoʻylar sonini Umumiy Maydon quvvati etadigan 


    386 
    darajada saqlab qolishlari mumkin edi. Biror bir oila uning qoʻylari 
    sonini kamaytirishdan manfaatdor emas, lekin har bir qoʻylar guruhi 
    aslida umumiy muammoning alohida bir boʻlagi hisoblanadi. 
    Aslini olganda, 

    Download 7,53 Mb.
    1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   366




    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

    Download 7,53 Mb.
    Pdf ko'rish