388
Atrof-muhitning haddan ziyod ifloslanishi
umummilliy resurslar
fojeasining
zamonaviy koʻrinishidir.
Tirband avtomobil yoʻllari. Yoʻllar
yoki ommaviy mahsulot yoki
umumiy resurs boʻlishi mumkin. Agar yoʻllar tirband boʻlmasa, u holda
bir kishining undan foydalanishi boshqa bir kishining foydalanishiga
halaqit qilmaydi. Bu holatda mahsulot iste’molda cheklanganganlik
xususiyatiga ega boʻlmaydi va yoʻl ommaviy mahsulot boʻlib qoladi.
Shu bilan birga, agar yoʻllar tirband boʻlsa, u holda bu yoʻldan
foydalanish salbiy tashqi ta’sirni beradi. Agar biror kishi ushbu yoʻldan
yursa, yoʻl yana ham tor boʻlib, boshqa kishilarni
sekinroq yurishga
majbur etadi. Bu holatda yoʻl umumiy resurs hisoblanadi.
Davlat tomonidan yoʻllarda avtomobillar tirbandligi muammosini
bartaraf etish yoʻllaridan biri bu haydovchilarga shaharlararo transport
qatnovlariga soliq solish. Shaharlararo transport qatnovlariga soliq
solish oʻz mohiyatiga koʻra tirbandlikni tartibga soluvchi soliqdir.
Ba’zida, xuddi mahalliy yoʻllarda boʻlgani kabi, qatnovlar uchun soliq
solish amaliy echim boʻlmay qoladi, sababi soliq summasi juda
yuqoridir. Biroq, London shahri toʻlov
hajmini oshirish usulini
tirbandlikni bartaraf etishdgi eng muhim usul deb topdi. Yangiliklarda
ma’lum qilinishicha bu usul Nyu-York shahri uchun ham koʻrib
chiqilmoqda.
Gohida tirbandlik kunning ma’lum bir qismidagina muammo
boʻlib qoladi. Agar koʻprikda yuk avtomobili tigʻiz-paytda oʻtayotgan
boʻlsa tirbandlik muammosi faqatgina mana shu soatdagina yuzaga
keladi. Ushbu masalani samarali echimi shuki – tigʻiz-paytda
yurganlik uchun toʻlovni yana ham oshirish zarur. Bu narsa
haydovchilarni oʻzlarining harakatlanish grafiklarini oʻzgartirib, tigʻiz-
paytda yurmasliklari uchun oʻziga hos stimul boʻladi.
Oʻtgan bobda muqokama qilingan tirbandlik
muammosiga qarshi
389
kurashuvchi usullardan yana biri - bu benzin uchun soliq. Benzin,
ma’lumki avtomobilda harakatlanish uchun samarali yoqilgʻi
hisoblanadi: benzin narxini oshirish, odatda harakat hajmini
kamaytirishni talab etadi. Shunday qilib, benzin uchun soliq yoʻllarni
tirbandlik darajasini kamaytiradi. Shu bilan birga, benzin uchun soliq
mutloq echim emas, sababi bu yoʻllarda harakatlar hajmidan tashqari
boshqa masalalarga ham ta’sir koʻrsatadi. Masalan, benzin uchun soliq
tirbandlik qayd etilmagan yoʻllarda ham harakatlar
sonini kamaytirib
yuboradi.