375
uchun ratsional qaror qabul qiladi, biroq aholini mushakbozlik
zavqidan mahrum etadi.
Xususiy bozor Smolltaun shaharchasi aholisi hohishiga koʻra
mushakbozlik tashkil etishga tayyor emasligiga qaramay
ushbu holatni echimi juda oddiy: toʻrtinchi iyul tadbirlarini
mahalliy hukumat moliyalashtirishi zarur. Shahar hokimiyati aholidan
olinadigan soliqni 2 soʻmga oshirib, kelib tushgan mablagʻlar hisobiga
Ellenni mushakbozlik oʻtkazish uchun yollashi mumkin. Shaharchada
8 soʻm barcha uchun yaxshi echim, 10 soʻmdan esa, 2 soʻm soliq
toʻlovini ayirib tashlagan holda, daromad hosil boʻlmoqda. Shunday
qilib, Ellen Smolltaunga tadbirkor sifatida yordam bera olmagan
boʻlsada, unga jamiyat a’zosi sifatida yordam berishi mumkin.
Smolltaun hikoyasi sodda boʻlsada real hayotni aks ettiruvchi
oʻziga xos voqe’likdir. Aslida AQShdagi koʻpgina mahalliy
hukumatlar toʻrtinchi iyul mushakbozliklari uchun pul toʻlashadi.
Undan tashqari mazkur hikoya ommaviy mahsulotlarning umumiy
xususiyatini ochib beradi: ommaviy mahsulotlar iste’moldan mahrum
qilinish xususiyatiga ega emas, “tekinxoʻrlar” muammosi esa ommaviy
mahsulotlarni xususiy sektor tomonidan taqdim etilishiga toʻsqinlik
qiladi. Shu bilan birga, davlat bu masalani mahsulotlardan kelayotgan
daromad ularga sarflanayotgan xarajatlarni qoplashi mumkin boʻlgan
darajada hal etishi, soliqlar bilan birga umumiy xarajatlarni qoplashi,
barcha masalalarni ijobiy hal etishi mumkin.