84
VI BOB. ISTE’MOLCHILAR, ISHLAB CHIQARUVCHILAR VA
BOZORLAR SAMARADORLIGI
6.1. Iste’molchi ortiqchaligi
Tasavvur qiling siz Elvis Presleyning birinchi albomi egasisiz va
siz uni ishlatmaysiz. Siz Elvis Presleyning muxlisi emassiz, shu sababli
uni sotishga qaror qildingiz. Buning yagona yoʻli kimoshdi savdosi
oʻtkazish.
Bu kimoshdi savdosida toʻrt nafar Elvis Presleyning muxlislari
ishtirok etishmoqda: Jon, Paul, George, va Ringo. Ularning har biri
albomga egalik qilishni istashadi, lekin har birida buning uchun
toʻlashga tayyor pul miqdori chegaralangan. 1-rasm toʻrt xaridorlarning
toʻlashi mumkin boʻlgan maksimal narxlar ularning toʻlov uchun
tayyorligi deyiladi
va bu xaridorning mahsulotni qancha baholashini
anglatadi. Har bir xaridor albomni oʻzining toʻlov uchun tayyorligidan
arzonroq narxda sotib olishni istaydi va toʻlov uchun tayyorligidan
qimmatroq narxda albomni sotib olishni rad etadi. Narx toʻlash uchun
oʻz tayyorligiga teng boʻlsa, xaridor sotib olishga befarq boʻlishi
mumkin.
Agar narx uning albomga qoʻygan bahosi bilan aynan bir xil
boʻlsa, u uni sotib olish yoki pulini tejab qolishdan xursand boʻlishi
mumkin.
J a d v a l