12.9. Joriy vaznli agregat indekslar. Paashe indekslari Vaqt o‘tgan sari hodisa va jarayonlar kyechish sharoitlarida kuzatiladigan o‘zgarishlar to‘plana boradi, davrlar orasidagi farqlar kuchayadi, natijada bazis davrning taqqoslamaligi pasayadi. Bu esa Laspeyres indekslariga ham ta’sir etadi. Shuning uchun agregat indekslarning muqobil varianti joriy vaznda tuziladi. Demak, ularda vazn qilib olinadigan ko‘rsatkichlar joriy davr holatida qotgan holda qatnashadi:
miqdoriy ko‘rsatkichlar uchun (12.28)
sifat ko‘rsatkichlari uchun (12.29)
Agregat indekslarni joriy vaznli qilib tuzishni 1874 yilda nemis olimi G.Paashe har taraflama asoslagan. Olim nomini abadiylashtirib, ular Paashe indekslari deb yuritiladi.